AsosiySUG'DIYONA
13493

XURMO YuRAK FAOLIYaTINI YaXShILAYDI

'XURMO YuRAK FAOLIYaTINI YaXShILAYDI'ning rasmi

Yurak-qon tomir faoliyati bilan bog`liq xastaliklarda kun davomida 2-3 tagacha xurmo mevasini iste`mol qilish foydali. Meva tarkibidagi kaliy moddasi yurak mushaklarini mustahkamlab, organizmdan ortiqcha suyuqlikni haydaydi. Meva tarkibidagi S vitamini yurak-qon tomir devori uchun foydali.

Resept:

  • Kamqonlikda va ichaklar faoliyati buzilishida: 6 ta xurmoni bo`laklarga ajratib, 750 ml. suvda 20 daqiqa qaynatiladi. Olovdan olgach, biroz tindirilib, 200 grammdan har 4 soat oralig`ida ichiladi.
  • Bolalardagi ich ketishida: guruch qaynatilgan suvga quritilgan xurmo mevasini qo`shib iste`mol qilinadi.
  • Buyrak faoliyati bilan bog`liq xastaliklarda: 4 ta xurmoni bo`laklarga ajratib, 1 litr suvda qaynatiladi. 10 daqiqa qaynagach, olovdan olib, sovutiladi. Qaynatmani kuniga 2 mahal ichib, mevasi iste`mol qilinadi. Xurmo buyrakdagi tosh va qumlarni parchalab, tushirish xususiyatiga ham egaligi nuqtai nazaridan ushbu resept foydali.
  • Kosmetik vosita sifatida: yuzdagi husnbuzar va boshqa toshmalarni bartaraf etishda bitta xurmoni 1 dona tuxumga aralashtirib, yuz terisiga surtiladi. Xurmo tarkibidagi shamollashga qarshi vitaminlar muammoli yuz terisini tozalab, toshmalarni ketkazadi.

Kimlarga mumkin emas?

Xurmo mevasi tarkibida qand miqdori yuqori. Shu sababli qandli diabet xastaligiga chalinganlarga xurmoni ortiqcha eyish mumkin emas. Shuningdek, bu mevani iste`mol qilishda suv va sut bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar