AsosiySavol-javob

«QONUNAN AJRAShMAGUNChA UYNI SOTOLMAYMANMI?»

'«QONUNAN AJRAShMAGUNChA UYNI SOTOLMAYMANMI?»'ning rasmi

— Er-xotin o`n yildan buyon birga yashamaymiz. Lekin qonuniniy ajrashmaganmiz. Bir vaqtlar ikkita uy olingandi. Biri mening nomimda, ikkinchisi otamning nomiga rasmiylashtirilgan. Erimning propiskasi ikkinchi uyda. O`zimga tegishli bo`lgan uyni sotish uchun uning roziligi kerak bo`ladimi?

Nozima Sirojiddinova, Sirdaryo viloyati

Advokat Dilfuza To`xtaeva javob beradi: — Ushbu vaziyatda propiska ahamiyatga ega emas. Birgalikdagi nikoh davrida orttirilgan mulk umumiy hisoblanib, ularni oldi-sotdi qilish masalasida har ikkala tarafning roziligi talab qilinadi.

Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi

    Boshqa yangiliklar