AsosiySUG'DIYONA

«OQ ROYaL» SALATI

'«OQ ROYaL» SALATI'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 500 gr. tovuq go`shti, 300 gr. qo`ziqorin, 100 gr. pishloq, 3-4 dona tuxum, 2 ta bodring, sabzi, zaytun mevasi, mayonez, tuz, ko`katlar.

Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shtini qaynatib, somoncha shaklida to`g`rang.

2. Qo`ziqorinlarni ham somoncha shaklida to`g`rab, qizdirilgan zaytun yog`ida qovuring.

3. Bodring va qaynatilgan tuxumlarni qirg`ichdan o`tkazing.

5. Pishloqning bir qismini to`g`rito`rtburchak shaklda kesib, qolganini qirg`ichdan o`tkazing.

6. Salatni royal shaklida likopchaga joylashtiring: tovuq go`shti+mayonez+qovurilgan qo`ziqorin+mayonez+bodring+mayonez+tuxum+mayonez+pishloq.

7. Salat yuzini pishloq bo`laklari, zaytun mevasi va sabzidan atirgul yasab bezating.

Tayyorlanish vaqti: 50 daqiqa.

4 kishilik.

Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi

Boshqa yangiliklar