AsosiySUG'DIYONA
3828

MANDARIN — XOLESTERINNI KAMAYTIRADI

'MANDARIN — XOLESTERINNI KAMAYTIRADI'ning rasmi

Sovuq mavsumda mandarin iste`mol qilish turli infeksiyalarga chidamli bo`lishda yordam beradi. Shuningdek, tungi uyqu davomida o`pka va bronxlarda yig`ilgan shilimshiq ajralmalarni nahorga mandarin sharbatini qabul qilish bilan bartaraf etish mumkin.

Resept:

  • Quruq yo`talni engillashtirish va balg`am engil ko`chishi uchun: 1 dona mandarin po`stining 4/1 qismini quritib, 1 stakan qaynagan suvda damlang. Suyuqlikni choy o`rnida kuniga 2-3 mahal ichish mumkin.
  • Xolesterin miqdorini kamaytirishda: danaksiz, kichikroq mandarinni tanlab, po`stini archib, biroz quriting. So`ng 1 stakan qaynagan suvda damlab, usti yopiq idishda 10 daqiqa tindiring. Damlamani kun davomida 2-3 qismga bo`lib qabul qilinadi. Muolaja davomiyligi umumiy holatdan kelib chiqib belgilanadi.
  • Asabni tinchlantirishda: mandarindan tayyorlangan sharbatni tungi uyqudan avval ichish asab tizimini yaxshilaydi hamda uyquni me`yorlashtiradi.
  • Yurak mushaklarini mustahkamlash uchun mandarin mevasini oq po`stlog`i bilan iste`mol qilinadi.
  • Homilador ayollar uchun ayniqsa, birinchi uch oylikda mandarin mevasi juda zarur. Chunki bu vaqtda ayol organizmida S vitamini tanqisligi boshlanadi. Biroq shuni unutmangki, mandarinning ortiqchasi ziyon. Homilador ayollar uchun kun davomida 1-2 ta kichik mandarin mevasini iste`mol qilish me`yor sanaladi.

Kimlarga mumkin emas?

Oshqozon faoliyati bilan bog`liq xastaliklarda, 12 barmoqli ichak yarasi, gastritda mandarin eyish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, mandarin mevasi buyrak faoliyati uchun ham zararli. Gepatit, nefrit va xolesistit kasalliklarida umuman ta`qiqlanadi. Allergik toshmalarga moyilligi bo`lgan kichik yoshdagi bolalar uchun tavsiya etilmaydi.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar