AsosiySUG'DIYONA

TESTOSTERON MIQDORI KAMAYIB KETSA...

'TESTOSTERON MIQDORI KAMAYIB KETSA... 'ning rasmi

Bo`yimda bo`lmayotgani bois tibbiy ko`rikdan o`tdim. Bachadondagi yallig`lanishdan tashqari jiddiy o`zgarishlar aniqlanmadi. Biroq erimning sperma tahlili qoniqarsiz chiqdi. Birorta ham tirik urug` yo`q. Testosteron miqdori ham me`yordan ancha past. Hozir turmush o`rtog`im bilan birgalikda davolanayapmiz. Shifokorlar homilador bo`lishingiz ehtimoli bor, ammo buning uchun eringizning gormonal holatini yaxshilash kerak deyishdi. Gormonlar haqida ozroq tushuncham bo`lsa-da, testosteronning kamayib ketish sabablaridan bexabarman. Aslida ham nega shunday bo`ladi? Agar miqdori me`yorlashmasa, nahot farzand ko`rolmaymiz?

Ismi sir tutildi

Inson organizmida har bir gormonning o`z vazifasi bor. Birortasining ta`tilga chiqishi yoki «ish tashlashi» sog`ligimiz uchun qimmatga tushishi mumkin. Xususan, erkakning kuch-quvvati, jinsiy faolligi uchun mas`ul bo`lgan testosteron gormonining kamayib ketishi nafaqat turmush tarzi, balki nozik munosabatlarga ham daxl qiladi. Muammoli nuqtasi esa farzand ko`rishga ham ta`siri bor. Aslini olganda, testosteron miqdorining pastlab borishi 35-40 yoshdan so`ng yuz berishi kerak. Bordi-yu, o`zgarishlar muddatdan erta boshlansa, demak yoshga doir jarayonlarni ro`yxatdan chiqarish mumkin. Sababini esa erkakning turmush tarzi va ayrim xastaliklardan izlash to`g`ri bo`ladi. Mavzuni androlog-seksopatolog Dilmurod ERGAShEV tanishtiradi.

«Dushman»laringizni fosh qilamiz!

Testosteron gormonining tushib ketishini maishiy va tibbiy omillar bilan izohlash mumkin.

Noto`g`ri tuzilgan taomnoma — erkak organizmining ashaddiy kushandasi. Yog`li, qattiq qovurilgan taom va eguliklar, yo`l-yo`lakay tamaddi qilish, spirtli ichimliklarga mukkasidan ketishning koni zarar. Mazkur gormon ortiqcha vaznni ham yoqtirmaydi. Stress, muntazam asabiylik, biror nimadan qattiq siqilish ham gormon balansini o`zgartirishi mumkin. Diqqat qiling, shakar, tuz, qahva, dudlangan va tuzlangan egulilklar, gazlangan va spirtli ichimliklar, fast-fud hamda kremli shirinliklar testosteron gormonining pasayishiga olib keladi.

  • Arterial qon bosimining ko`tarilishi;
  • Buyrak va siydik yo`li kasalliklari;
  • Qonda qand miqdorining balandligi (xususan qandli diabet);
  • Tayanch-harakat tizimi muammolari (osteoporoz);
  • Qonda xolesterin miqdorining balandligi;
  • Infeksion kasalliklar;
  • Yurak qisqarishi bilan bog`liq o`zgarishlarda testosteron holati xastaliklar asoratida buzilishi mumkin.
  • Tez-tez takrorlanuvchi kayfiyatsizlik. Juftingiz nimalarni xayol qilayotganini bilmaysiz. O`zi ham miq etmaydi. Chetdan qaraganda hayotga qiziqishi so`ngan, tushkunlikka tushib borayotgan odamni eslatadi.
  • Qo`l, oyoq va ko`krak sohasida mushaklar hajmining kichrayishi yuz beradi. Organizm yo`qotganlari evaziga ortiqcha yog`larni ishlab chiqara boshlaydi. Bu eng avval qorin sohasida ko`zga tashlanadi. Yog`lar hisobiga orttirilgan vazn esa vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin.
  • Jinsiy zaiflik va yaqinlik qilish istagining so`nib borishi ham qonda testosteron miqdorining kamayib ketayotganidan darak beradi. Urug` sifatiga ta`sir etishi esa farzand ko`rish ehtimolini kamaytiradi.
  • Asosiy o`zgarishlar qatorida uyqusizlikni ham ko`rish mumkin. Ko`pincha, gormonal buzilishlar sabab kelib chiqqan uyqusizlik, mehnat layoqatining sustlashishi, aqliy faollikning kamayishi, asabiylik, jizzakilik kabilar bilan hamrohlik qilishi mumkin.
  • Uzoq muddat davom etgan gormonal buzilishlar ginekomostiya (erkak ko`krak bezlarining kattalashishi)ni keltirib chiqaradi.
  • Dengiz mahsulotlari, baliq, dengiz karami, krab tayoqchasidan tayyorlangan taom va eguliklar testosteron molekulalarining ishlab chiqarilishini rag`batlantiradi. Qovoq, qizil bulg`or qalampiri, pomidor, ko`katlar, qorag`at, mayiz, grechixa, yasmiq (pshenka) va suli yormasidan bo`tqalar ham ayni muddao.
  • Jismoniy faollikni oshirish lozim. Sport mashg`ulotlari, badantarbiya mashqlari, piyoda sayr qilish, yugurish shular jumlasidan.
  • Asosiy gormonlar tunda, uxlayotganimizda ishlab chiqiladi. Shu bois uyqu tartibi g`oyat muhim. Uyqusizlikka qarshi dorivor to`plamlamlar, tinchlantiruvchi ta`sirga ega giyohli yostiqchalardan foydalanish mumkin.

O`zgarishlarni sezasiz

Erkakning o`zini tutishi, xatti-harakatlari va jinsiy munosabatlardagi faolligiga asoslanib, testosteron gormoni miqdoriga baho berish mumkin. O`zgarishlar quyidagi belgilar orqali nomoyon bo`ladi:

Tahlil topshirish shartlari

Qondagi testosteron miqdorini aniqlash uchun gormonlarga tahlil topshiriladi. Shifokorlar bu tekshiruvni bir necha marta bajarishni tavsiya etishadi. Chunki har kungi gormonal holat bir-biridan farq qilishi mumkin. Gormon uchun tahlil ertalab topshirilgani ma`qul. Tekshiruvdan avval hech nima iste`mol qilmaslik, sport mashqlarini bajarmaslik va tamaki chekmaslik lozim. Tahlil xulosasida gormonning uch hil tasnifiga ko`zingiz tushadi. Me`yorda, umumiy testosteron – 12-33 nmol\n; biologik faol testosteron – 3,5 – 12 nmol\n; erkin testosteron – 4,5 – 42 nmol\n ko`rsatkichga ega bo`lishi kerak.

Davolash mumkinmi?

Qon tahlilida aniqlangan ko`rsatkichlarga ko`ra dori vositalari yordamida muolaja qilish mumkin. Erkak organizmining o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda davo choralarining davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.

E`tibor bering!

Juftingizning sog`ligini yaxshilashga hissangizni qo`sholasiz. Buning uchun quyidagi tavsiyalarni bilib qo`ying:

MARJONA tayyorladi.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


Boshqa yangiliklar