AsosiySUG'DIYONA
14427

ISIRIQ — TERI KASALLIKLARIDA FOYDALI

'ISIRIQ — TERI KASALLIKLARIDA FOYDALI'ning rasmi

Foydali xususiyatlari:

  • shamollash;
  • uyqusizlik;
  • teri kasalliklarida foydali;
  • peshob va ter ajralishini me`yorlashtiradi;
  • ichaklardagi bodlarni µaydaydi.

Nojo`ya ta`siri: ortiqcha miqdorda qabul qilish mushaklarni bo`shashtirib yuborishi mumkin.

Kimlarga mumkin emas? Issiq mijozlilarga isiriqli damlamalar tavsiya etilmaydi. Chunki bosh og`rishi, yurakni behuzur qilishi mumkin.

Resept: 1. Bosh og`rig`i bezovta qilayotgan bo`lsa, isiriqli vanna qabul qilish tavsiya etiladi. Buning uchun 1 bog` isiriqni 1 chelak suvda qaynatib, dokadan o`tkaziladi va vannaga to`ldirilgan suv bilan aralashtiriladi.

2. Tizza suyaklari og`risa, bir siqim isiriqni 400 ml suvda 5 daqiqa qaynatib, tindiriladi. So`ng paxtani damlamaga botirib, og`riq berayotgan joyga engil uqalab surtiladi. Muolaja davomiy tarzda bajarilsa, tizza og`riqlari bezovta qilmaydi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar