AsosiySUG'DIYONA

POMIDOR ShARBATIDAN SOMSA

'POMIDOR ShARBATIDAN SOMSA'ning rasmi

Zarur masalliqlar: xamiriga: 400 gr. un, 1 st. pomidor sharbati, 80 ml. o`simlik yog`i; ichiga solishga: 400 gr. mol go`shti qiymasi, 2-3 bosh piyoz, 1 bog` selderey ko`kati, tuz, qora murch, sedana urug`i; ustiga sepishga: tuxum sarig`i, pista mag`zi.

Tayyorlanishi: 1. Pomidor sharbatiga bir chimdim tuz soling. O`simlik yog`i va un qo`shib, xamir qoring. Tayyor bo`lgach, xamirni sellofanga o`rab, 15 daqiqaga muzlatkichga qo`ying.

2. Go`sht qiymasiga mayda to`g`ralgan piyoz va selderey ko`katini qo`shib, ziravorlar bilan ta`mini sozlab oling.

3. Tingan xamirdan kichik zuvalachalar yasang. Har birini yupqalab yoyib, o`rtasiga qiyma soling. So`ng uchburchak shaklda tugib chiqasiz.

4. Tugilgan somsalarni yog`langan gaz pechi patnisiga joylab, yuziga atalangan tuxum surting va pista mag`zi bilan bezating. Somsalar 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 35-40 daqiqada tayyor bo`ladi.

Tayyorlanish vaqti: 50 daqiqa

8 kishilik

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar