AsosiyJINOYAT

Turkiyada yashirinib yurgan qidiruvdagilar ushlandi

Hozirda ularga nisbatan tegishli tergov va sud jarayonlari olib borilmoqda.

'Turkiyada yashirinib yurgan qidiruvdagilar ushlandi'ning rasmi

Turkiya hududida xalqaro qidiruvda bo'lgan ikki nafar O'zbekiston fuqarosi aniqlanib, O'zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Istanbuldagi O'zbekiston Bosh konsulxonasi ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ikki davlat o'rtasidagi hamkorligi natijasida xalqaro qidiruvda bo'lgan shaxslarning Turkiyadagi yashash manzili aniqlangan.

Ulardan biri — M.B. O'zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo'yicha qidiruvda bo'lib, uzoq vaqt davomida Turkiyada yashirinib yurgan.

Shuningdek, J.B. ham Turkiyada qo'lga olingan. U Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan og'ir tan jarohati yetkazish) bo'yicha qidiruvda bo'lgan.

Har ikki fuqaro belgilangan tartibda O'zbekistonga topshirildi. Hozirda ularga nisbatan tegishli tergov va sud jarayonlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar