1

«KELIN UYGA KIRITMAYaPTI»

Savol-javob 16.10.2017, 14:16
«KELIN UYGA KIRITMAYaPTI»

Akam vafot etishidan avval yashab kelayotgan uyini menga vasiyat qilgan. Mulk mening nomimga rasmiylashtirilgan. Biroq ukamning bevasi uyni bo`shatishni istamayapti. To`qqiz yildan beri u bilan kurashamiz. Huquqni himoya qilish organlariga shikoyat qilsak, ular ishtirokida uyga kiritadi-da, so`ng yana haydab chiqaradi. Qanday chora ko`rishni bilmayapmiz. Nimani maslahat berasiz?

Erkinoy Hayitboev, Beshariq tumani

Uy mulkdori (ulush egasi) ekanligingizni tasdiqlovchi hujjat mavjud bo`lgan hollarda uyga kiritishni so`rab mulk joylashgan hududdagi fuqarolik sudiga murojaat etsangiz sud ijrochilari tomonidan uyga kiritilishingiz ta`minlanadi. Uyda yashovchi boshqa merosxo`r yoki uydan doimiy foydalanuvchilar uyga kirishingizga to`sqinlik qilgan holatlarda sud ijrosi qaytadan amalga oshirilib, ijroni bajarishga qarshilik qilayotganlarga chora ko`riladi.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1