1

«MAShINA HAM, PUL HAM YO`Q!»

Savol-javob 17.10.2017, 09:14
«MAShINA HAM, PUL HAM YO`Q!»

-Ikki yil davomida «Neksiya» rusumli avtomashina uchun ma`lum miqdorda pul to`ladik. Ayrim sabablarga ko`ra, oxirgi to`lov salgina kechikdi. Pulni olib borsak, avtomobil egasi «Mashinani sotib yubordim» dedi. Vaholanki, o`rtada og`zaki kelishuvimiz va pul oldi-berdisini tasdiqlovchi tilxat ham bo`lgan. Endi na bergan pullarimizni ololamiz, na kutilgan mashina bor. Nima qilishni bilmay qoldik.

Ismi sir tutildi

-Ma`lum shartlar asosida o`zaro og`zaki kelishuv mavjud bo`lgan hollarda, tomonlardan biri ushbu kelishuvdagi shartlarni to`liq yoki qisman bajarmaganligi bois nizo kelib chiqqan holatlarda qolgan majburiyatni bajarish yoki shartnoma asosida tomonlarga o`tgan mulkni dastlabki holiga qaytarish haqida da`vo talabi bilan fuqarolik sudiga murojaat etishingiz mumkin.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1