AsosiySUG'DIYONA

PILING HAQIDA 4 HAQIQAT

'PILING HAQIDA 4 HAQIQAT'ning rasmi

«Pilingdan keyin yuz terisi oddiy parvarishni qabul qilmay qo`yadi»

Yo`q, pilingdan keyin yuz terisining kosmetik vositalarga ta`sir kuchi yo`qolmaydi. Qaytanga tiklanish tez o`tib, terining parvarish vositalarini qabul qilish xususiyati kuchayadi.

«Piling ta`sirida yuz terisi ancha vaqt qizarib yurishi, og`riq sezishi, ba`zan yuzga dog` tushishi mumkin»

Bu ham tanlangan usulga bog`liq. Ajinlarga qarshi kurashishning kuchli ta`sirli uslubida mijoz yuz terisini shikastlashdan ehtiyot bo`lishi kerak. Negaki ushbu uslubning o`zi agressiv hisoblanadi. Lazerli fraksion pilingdagi cheklov uzog`i bilan to`rt kun. Muhimi, belgilangan parvarish vositalaridan foydalanishni unutmaslik kerak.

«A vitamini qabuli vaqtida hamda yuzda xol va tug`ma dog` bo`lsa, piling qilish mumkin emas»

Rostdan ham A vitamini qabul qilinayotgan paytda piling o`tkazilishi tavsiya etilmaydi. Husnbuzarlar toshganida qabul qilinadigan ushbu vitamin, teri strukturasini quruqlashtiradi va yupqalashtiradi. Himoyalash qatlami shikastlanadi. Shu sabab barcha turdagi kimyoviy va fizik ta`sir man etiladi. Xollarga kelsak, muolaja paytida ular atrofidan chetlab o`tiladi. Yoki kuchsizroq tozalash rejimi tanlanadi.

«Yosh ayollarga engil pilingdan foydalanish tavsiya etiladi»

Engil pilingni kosmetik do`kondan maxsus vositalarni sotib olib, uyda ham o`tkazish mumkin.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar