1

«DIABET NASL SURADIMI?»

Savol-javob 18.10.2017, 12:10
«DIABET NASL SURADIMI?»

Erim uch yildan buyon qandli diabet bilan og`riydi. Farzand ko`rishni rejalashtirayotganimiz bois ushbu xastalikdan tashvishga tushayapman. Farzandimizga o`tmasmikan?

Shifokor-endokrinolog Shahnoza MUSAEVA javob beradi:

  • Bu kasallik farzand ko`rishingizga to`sqinlik qilmaydi. Ammo homiladorlik paytida shifokor-endokrinolog ko`rigidan o`tib, qondagi qand darajasi miqdorini nazorat qilib yurishingiz, o`zingiz va tug`ilajak bolaning tana vazni me`yordan oshib ketmasligigae`tibor berishingiz zarur. Bola ulg`aygach uni sportga berish, ovqatlanishda qondagi qand miqdorini ko`tarish xususiyatiga ega shirinliklar, konfet, qand, muzqaymoq, pishiriqlarni cheklab, ko`proq meva-sabzavotlar, bug`da tayyorlangan taomlarni ko`paytirish kerak. Turmush o`rtog`ingiz o`zini zo`riqtirmagan holda har kuni piyoda 45 daqiqa yurishi qondagi qand miqdorini bezarar pasaytirishga yordam beradi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1