AsosiySUG'DIYONA

BANANLI KEKS

'BANANLI KEKS'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 200 grammdan un va shakar, 100 gr. mak, 120 ml. o`simlik yog`i, 80 ml. qatiq,2 donadanbanan va tuxum, 1 o`ram vanilin, 1 choy qoshiq iste`mol sodasi, yarim choy qoshiq tuz, yong`oq, qand upasi.

Tayyorlanishi: 1. Bananni maydalab to`g`rab, sanchqi bilan ezing.

2. Bananga qatiq, o`simlik yog`i, vanilin, ko`pirtirilgan tuxum, shakar va yong`oq solib aralashtiring.

3. Un, iste`mol sodasi va tuzni aralashtirib, bananli masalliqqa qo`shing.

4. Uzunchoq shakldagi qolipga xamirni solib, 170 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo`ying. Pishgach, yuziga qand upasi seping.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.

6 kishilik.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi

Boshqa yangiliklar