RADARLAR NEGA YaShIRINChA QO`YILADI?

Savol-javob 19.10.2017, 10:34
RADARLAR NEGA YaShIRINChA QO`YILADI?

— Aslida radarlar qonun bo`yicha qaerda turishi lozim? Haydovchi yo`l harakati xavfsizligi xodimidan radar turgan joyni ko`rsatib berishni talab qilishga haqlimi?

K.Omonov, Surxandaryo viloyati Termiz shahri

Xolmatjon SAYDALIEV, IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig`i:

— O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) tomonidan avtomobil yo`llarida transport vositalari haydovchilarining qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish maqsadida qoidabuzarliklarni belgilangan tartibda davlat standartlariga javob beradigan avtomatik tarzda nazorat qiluvchi fotoradar komplekslaridan (moslamalaridan) foydalanilmokda.

Maxsus texnik vositalar, shu jumladan tezlikni o`lchash asboblaridan foydalanilganda, xodim moslamaning ko`rsatkichlari bilan haydovchini tanishtirishi, uning talabi bilan moslamaning metrologiya tekshiruvidan o`tkazilganligi to`g`risidagi ma`lumot(sertifikatni)ni ko`rsatishi lozim.

Tezlikni o`lchash asboblaridan foydalangan holda qoidabuzarliklarni aniqlash joyi yo`l-transport hodisalari tahlili asosida belgilanib, saf bo`linmasi naryadlar joylashuvi(dislokasiya)da qayd etiladi. Naryadlar joylashuvi saf bo`linmasi komandirida saqlanib, haydovchining talabiga ko`ra tanishib chiqish uchun ko`rsatilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1