AsosiyJAMIYAT

Sun'iy intellekt yordamida yangi avlod dorilar yaratiladi

Tibbiyot va farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan seminarda sun’iy intellekt yordamida yangi avlod dorilarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

'Sun'iy intellekt yordamida yangi avlod dorilar yaratiladi'ning rasmi

Tadbirda Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti
hamda AQSh va Qatarda faoliyat yurituvchi "Novel Therapeutics" kompaniyasi vakillari ishtirok etib, sohaga oid xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlar bilan o‘rtoqlashdi.

Mutaxassislar dori vositalarini yaratishda sun’iy intellektdan foydalanishning yangi tendensiyalari, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish imkoniyatlari hamda bio-farmatsevtika sohasining istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, institutda olib borilayotgan tadqiqotlarni xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashtirish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va yangi avlod dorilarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir soha olimlari, tadqiqotchilar va talabalar uchun xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashish, yangi bilim va ko‘nikmalarni olish hamda ilmiy hamkorlikni kengaytirishda muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda investitsiya forumi sabab 3 kun ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 11:17

    Toshkentda investitsiya forumi sabab 3 kun ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

    Qayd etilishicha, haydovchilar uchun aylanma yo‘nalishlar tashkil etiladi.

    'So'nggi uch kunda Turkiyada to'rt nafar O'zbekiston fuqarosi vafot etdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 08:31

    So'nggi uch kunda Turkiyada to'rt nafar O'zbekiston fuqarosi vafot etdi

    Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar qildi.

    'Chust oshiga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 07:52

    Chust oshiga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi

    Adliya vazirligi ma'lumotiga ko'ra, geografik ko'rsatkich maqomi Chust oshi nomi va uning an'anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qilish imkonini beradi.

    'Toshkentda ko‘p qavatli uy fasadi yondi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:28

    Toshkentda ko‘p qavatli uy fasadi yondi

    Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

    'Turkiyada YTH: o‘zbekistonlik kelin va uning oilasi halok bo‘ldi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:25

    Turkiyada YTH: o‘zbekistonlik kelin va uning oilasi halok bo‘ldi

    İstanbul shahrida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan yengil avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi, uning turmush o‘rtog‘i va 2 oylik chaqalog‘i halok bo‘ldi.

    'Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik investitsiya forumi — TIIF-2026 o‘tkaziladi.'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:13

    Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik investitsiya forumi — TIIF-2026 o‘tkaziladi.

    Poytaxtdagi yirik investitsiya sammitida jahon kompaniyalari 42 trillion dollarlik kapital bilan ishtirok etmoqda.