Rafiqangizni shirinso`zlik bilan oilangizga moslashtirib boring. O`zi uchun mutlaqo notanish xonadonga kelgan kelinni bu muhitning issiq-sovug`i, past-balandiga o`rgatish eng avvalo sizga bog`liq.
- Adolatli tarozibon bo`ling. Ba`zilarga o`xshab «ikki o`t orasida» qolmaslik uchun boshidanoq rafiqangizga siz uchun birinchi o`rinda onangiz, keyingi o`rinda u ekanini chiroyli qilib bildiring.
- Har qanday vaziyatda ham jahlga erk bermang. Faqat ayol emas, erkak ham vaqtida sukut saqlashni bilishi kerak. Ayolingiz nimadandir norozi bo`lib gap boshlasa, vazminlik bilan fikringizni bildiring. Shunda ham gapdan to`xtamasa, indamang-da, u jahl otidan tushib, «o`ziga kelib» qolganida «aslida mana bunday edi» deya tushuntirsangiz, o`zi uyalib qoladi. Bahonada janjalning oldini olgan bo`lasiz.
- Bo`lar-bo`lmasga rashk qilavermang. Oila mustahkam bo`lishi uchun er-xotin bir-biriga ishonishi kerak.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






