AsosiySUG'DIYONA

KELIN, SIZ OQILALIK TIMSOLISIZ!

'KELIN,  SIZ OQILALIK TIMSOLISIZ!'ning rasmi

Shunga munosib bo`ling. Ayoli oqila bo`lgan xonadonga hech qanday xavf soya solmaydi.

  • Qaynonangizni o`z onangizday biling. Qaysidir ishingiz, xatti-harakatingizdan norozi bo`lsa, darrov arazlashga tushmang. U kishi siz uchun katta tajriba maktabi. Bu maktabning barcha sir-asrorlaridan voqif bo`lishga harakat qiling.
  • Qo`l-oyog`i chaqqon kelin bo`ling. Bu har qanday qaynonaga ham yoqadi. «Charchab ketdim, tinim yo`q» deb nolimang, mehnatdan hech kim kam bo`lmagan!
  • Hech qachon juftingizga onasidan shikoyat qilmang. Axir o`zingizga ham yoringiz onangizni yomonlasa yoqarmidi? Juftingizning ko`ngliga yanada yaxshiroq yo`l topishingizda ham qaynonangizga suyansangiz bo`ladi. Axir u kishi turmush o`rtog`ingizni hammadan ko`ra ko`proq biladi!
  • Boshqalar oilangiz a`zolari haqida nojo`ya gap aytishiga yo`l qo`ymang! Masalan, menga yangi kelinligimda kimlardir «qaynonang unday dedi, qaynsingling bunday dedi» kabi gaplarni aytishi bilan «qaynonam ham, qaynsingillarim ham juda yaxshi, ular haqida bunaqa gapirmang!» deya gapini bo`lgandim. O`shandan keyin hech kim sinab ko`rish uchun ham bunday gaplarni aytmagan.
  • Hamisha xushmuomala, xushfe`l, xush kayfiyatda bo`ling. Oilangiz a`zolaridan shirin so`zingizni ayamang. Pokizalik, maftunkorlik, shirin muomala va tabassum nafaqat juftingiz, balki atrofdagilarning ham e`tiboriga sazovor qiladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar