AsosiySUG'DIYONA

YuZDAGI QORA NUQTALAR

'YuZDAGI QORA NUQTALAR'ning rasmi

— Ayting-chi, yuzdagi qora nuqtalar va turli dog`lar paydo bo`lishi ichki a`zolardagi kasalliklar bilan bog`liqmi? Avval ham qora nuqtalarni ketkazishga harakat qilgandim, ammo foydasi bo`lmagan...

Javohir

— Organizmdagi har bir o`zgarish avvalo yuz terisida aks etadi. Masalan, qalqonsimon bez faoliyatidagi o`zgarishlar, jigar, buyrak, oshqozon hazm qilish funksiyasining buzilishi natijasida yuz terisida o`ziga xos o`zgarishlar yuz beradi. Agar ichki kasalliklarni davolamay, faqat yuz terisiga ahamiyat bersangiz, hech qanday natijaga erishmaysiz. Ichki a`zolardagi muammolarni sekin-asta bartaraf etsangiz, yuz terisi ham o`z holiga qaytadi. Shuning uchun avvalo terapevt shifokorga uchrab sog`ligingizni tekshirtiring. So`ngra uy sharoitida qaynagan suv bug`ida qora nuqtalarni ketgazish mumkin. Bunda yuzni sochiq bilan o`rab 5-10 daqiqaga yuzni bug`da tuting. So`ngra paxta yordamida asta arting. Ammo avlo siqib tozalamang yo`qsa o`rnida dog` hosil bo`lishi mumkin.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar