1

SAMARQANDDA “VOLKSWAGEN” MAShINALARI IShLAB ChIQARILADI

Iqtisodiyot 17.11.2017, 11:46
SAMARQANDDA “VOLKSWAGEN” MAShINALARI IShLAB ChIQARILADI

“JV MAN Auto-Uzbekistan” qo`shma korxonasida “Volkswagen Amarok” pikaplarini ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning Germaniyaga rasmiy tashrifi doirasida “O`zavtosanoat” AK va “Volkswagen AG” konserni o`rtasida shunday kelishuvga erishildi. Bu yurtimiz avtomobilsozlari dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalardan yana biri bilan mustahkam hamkorlikni yo`lga qo`yganidan dalolatdir.

Loyiha 2018-2019 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“JV MAN Auto-Uzbekistan” Markaziy Osiyodagi “MAN” rusumidagi yuk va yo`lovchi tashishga ixtisoslashgan transport vositalari ishlab chiqaruvchi yirik korxona hisoblanadi. 2009 yilning avgust oyida tashkil etilgan mazkur sub`ekt Samarqand viloyatida joylashgan.

“JV MAN Auto-Uzbekistan” O`zbekiston — Germaniya qo`shma korxonasida hozir 15 tonnadan 50 tonnagacha yuk ko`tarish quvvatiga ega zamonaviy va ishonchli “MAN” tijorat avtotransport vositalarini ishlab chiqarmoqda.

Kompaniya avtobuslar, yuk, beton qoruvchi, suv tashishga ixtisoslashgan mashinalar kabi 50 turdagi maxsus texnikalarni ishlab chiqaradi.

Bosh ofisi Germaniyaning Volfsburg shahrida joylashgan “Volkswagen AG” dunyodagi etakchi va Evropaning esa eng yirik avtomobilsozlik konsernlaridan biri sanaladi. Mazkur korxona o`tgan yili dunyo bozoriga 10,3 milliontadan ko`p mahsulot sotgan.

Konsern dunyoga mashhur 20 brendni o`ziga birlashtirgan: “Volkswagen”, “Audi”, “Seat”, “Skoda”, “Bentley”, “Bugatti”, “Lamborghini”, “Porsche”, “Ducati”, “Volkswagen” “Scania” va “MAN” shular sirasidandir.

Konsernning model doirasi motosikllardan tortib, arzon narxlardagi ixcham va hashamatli avtomobillar, avtobuslar va og`ir yuk mashinalarigacha qamrab olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1