Niqobni surtishdan avval teringizning teshiklari ochilib, foydali moddalarni yaxshi shimib olishi uchun bir muddat yuzingizga iliq suvga ivitilgan sochiq qo`yib yoting. 2 osh qoshiq qaynatib ezilgan qovoq bo`tqasiga 1 ta tuxum sarig`i va 1 choy qoshiq asal qo`shasiz. Niqobni iliq holda yuzga surtib, 10-15 daqiqadan so`ng yuvib tashlaysiz. Teringiz yosharib, silliqlashadi.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






