AsosiySUG'DIYONA
2541

YoRUG`LIK KAMLIGI KO`ZLAR SALOMATLIGIGA XAVF SOLADIMI?

'YoRUG`LIK KAMLIGI KO`ZLAR SALOMATLIGIGA XAVF SOLADIMI?'ning rasmi

Ko`zlaringizni zo`r berib urinmasligi va yorug`lik kamligidan toliqmasligi uchun uyingiz va ish joyingizning to`g`ri yoritilganiga e`tibor bering. Kompyuter monitorida nurlar jilvalanishiga yo`l qo`ymang. Monitorning yorqinligi va kontrastini ko`zlaringizga qulay tarzda moslashtiring. Har soatda besh daqiqali tanaffus qiling, ko`zlaringizni yumib, ularga dam bering, mashqlar bajaring. Besh soniya yaqinda turgan buyumni kuzating, keyin yana shuncha vaqt uzoqdagi narsalarga qarang. Ko`z mushaklarini chiniqtirish uchun boshingizni qimirlatmagan holda qorachiqlaringizni aylantiring. Kompyuterda ko`p ishlasangiz, maxsus ko`zoynaklardan foydalanishni tavsiya etamiz.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar