AsosiySUG'DIYONA

PALTO TANLAShNING 20 QOIDASI

'PALTO TANLAShNING 20 QOIDASI'ning rasmi

Hozirgi kunda paltolarning turi shu qadar ko`pki, xarid uchun chiqsangiz, boshingiz aylanadi. Qaysi birini tanlagan ma`qul? Qanday ko`rinishdagi qomatga qay andozadagi palto tanlansa to`g`ri bo`ladi? Uning sifatini aniqlashda nimalarga ahamiyat berish lozim? Umid va harakat qilamizki, sahifamiz so`ngida bu savollarga albatta javob topasiz.

Agar qomatingiz to`ladan kelgan bo`lsa…

Siz tanlagan palto qomatingizga «qolipday turadigan» bo`lsin. Ya`ni to`ladan kelganingizni bekitish uchu natay keng palto tanlamang. Bu sizni battar to`la qilib ko`rsatadi. Paltongiz belbog`li, tugmalari bir qator qilib joylashtirilgan bo`lishi kerak. Agar sizga old tomonida ortiqcha detallari bo`lgan palto yoqsa, belbog`siz, etagi kengroq bichimdagisini tanlang.

Diqqat! Ustki qoplama cho`ntak va qalin astarlilari palto siz uchun emas! Ular qomatingizga ortiqcha hajm qo`shib ko`rsatadi.

Ozg`inlarga…

Belbog`i beldan pastda turadigan bichimdagi palto qomatingizni chiroyli ko`rsatadi. Ozg`inligingizni bekitish, ya`ni vazndorroq ko`rinishni istasangiz, ustki qoplama cho`ntaklari va boshqa qo`shimcha bezaklari bo`lganini tanlang.

Diqqat! Elkangizni keng qilib ko`rsatadigan bichimdagi paltolarning yaqiniga ham yo`lamang!

Past bo`yli bo`lsangiz…

Asosiy e`tiborni paltoning uzunligiga qaratishingiz lozim. Etagi tizzangizdan taxminan 5 sm. yuqorida tugashi kerak. Agar bo`yingiz uzunroq ko`rinishini istasangiz, shunday bichimdagi paltoni tanlangki, beldan yuqori qismidan boshlab kengayib ketgan va ko`tarma yoqali bo`lsin.

Diqqat! Siz uzun palto tanlamaganingiz ma`qul! Shuningdek, sizga turli bezak beruvchi detallar ham kerak emas.

Uzun bo`ylilarga…

Tabriklaymiz! Siz o`zingiz xohlagan turdagi har qanday paltoni tanlashingiz mumkin. Asosiysi, u o`zingizga qulay bo`lsin!

Biroq to`rtburchak shakldagi palto hatto sizdek sarviqomatlarga ham unchalik yarashmaydi. Shuningdek, u o`ta kalta va juda uzun ham bo`lmasin.

Shuningdek…

  • Bo`ksa qismi juda keng bo`lganlar trapesiya qilib bichilgan paltoni tanlagani yaxshi.
  • Qomati V ko`rinishida bo`lgan, ya`ni keng elkali ayollarga bir xil rangli matodan tikilgan, katta yoqali palto mos keladi.
  • Avvalo o`z rangingizni inobatga oling. Masalan, qorachadan kelgan bo`lsangiz, o`ta yorqin yoki qop-qora tusdagisini tanlamang.
  • Yuzingiz rangini chiroyli ko`rsatishi va unga qizillik berishi uchun qizil yoki qoraqizil rangdagi paltoni tanlang.
  • Oq rangning barcha turlari garchi chiroyli ko`rinsa-da, tez kirlanishi bilan biroz noqulayligini inobatga oling.
  • Paltoning ko`zga tashlanmaydigan ranglisini tanlaganingiz ma`qul. Boshqalardan ajralib turishni xohlashingiz mumkin, albatta, ammo har narsada me`yor bo`lgani yaxshi. Kulrang, jigarrang va qora tusdagi paltolarga e`tibor bering. Agar juda yorqin ranglisini tanlasangiz, tez kirlanishini ham yodda tuting.
  • Boshqalardan ajralib turish maqsadida bir necha yorqin ranglardan iborat paltoni afzal bilmang. Bir rangdagisini xog`lamayotgan bo`lsangiz, oddiygina oq va qora rangli matolardan tikilgani ham chiroyli ko`rinadi.

Qaysi rangdagisi ma`qul?

Maslahatlar

  • Avvalo esda tutingki, moda ortidan quvish kerak emas. Yaxshisi, o`z qulayligingizni o`ylang.
  • Agar paltoni issiq kunlarda xarid qilsangiz, kiyib ko`rayotganda e`tiborli bo`ling. Albatta, palto elkangizdan osilib tushib turmasligi kerak, ammo qishda ichidan qalin kiyimlar kiyishingizni ham hisobga oling.
  • Agar o`zingizga yoqqan bichimdagisini kiyib ko`rganingizda qomatingizga «qolipdek» turgan bo`lsa-da, yaxshisi, bir o`lcham kattasini xarid qiling. Keyin afsuslanmaysiz.
  • Xarid qilayotganda paltoni kiyib, qo`llaringizni oldinga cho`zib ko`ring, shuningdek u yoq-bu yoqqa yuring. Shunday holatlarda noqulaylik sezmasligingiz zarur.
  • Englarining uzunligi kaft o`rtasigacha kelishi kerak.
  • Palto sumka va etigingiz bilan mos kelishi kerak. Tanlayotganda shunga ham e`tibor bering.
  • Paltoning pastki cheti kamida 3 sm., englarining cheti esa 2 sm. qayrilgan bo`lishi kerak.
  • Palto jun (sherst) gazlamadan tikilgan bo`lsa, uning sifatini aniqlashning oddiy usuli bor: agar uning yorlig`ida «Wool 100%» degan yozuv bo`lsa, bu palto sifatli emas. Rostdan ham yuqori- pered vami vesh nizkogo kachestva. Tarkibida jun ko`p bo`lgan junli gazlamada «Reine Schurwolle» yozuvi bo`ladi.
  • Palto tanlashda narxining ham ahamiyati katta. Ba`zilar palto sifatini uning bahosiga qarab o`lchaydi. Lekin hamisha ham bunday bo`lavermasligi mumkinligini yodda tuting. Qomatingizga yarashsa-yarashmasa, qimmatbahosini xarid qilsangiz, u egningizga chiroyli ko`rinmaydi. Shuning uchun yaxshisi, «chiroyli libos — yarashgani» degan gapga amal qiling.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi

Boshqa yangiliklar