AsosiySUG'DIYONA

​HAR SOHADAN BIR ShINGIL MASLAHATLAR

'​HAR SOHADAN BIR ShINGIL MASLAHATLAR'ning rasmi

1-maslahat: Mikroto`lqinli pechni tozalash kerakmi? Elim tog`orchaga ozgina suv quyib, mikroto`lqinli pechga joylaysiz hamda yuqori haroratda 1 daqiqa aylantirasiz. Ajralib chiqqan bug` ishingizn engillashtiradi.

2-maslahat: Jamadon yig`ish vaqtida kiyimlarni taxlamang, aksincha ikkiga bukib, englarini ichkariga kirgazib, o`rang. Shunda ular g`ijim bo`lmaydi.

3-maslahat: Ba`zan farzandimizning “Nimaga? Nima uchun?” savollaridan charchaymiz. Bolani bu vaqtda jerkib bermang, bosiqlik bilan “O`zing nima deb o`ylaysan” deb savol bering.

4-maslahat: Ko`pchilik bilan suratga tushish vaqtida ko`z yumilib qolishi yoki boshqa erga qarab qolish holati kuzatilib turadi. Yaxshisi, kimdir uchgacha sanasin va shu vaqtda hamma birvarakayiga kulib tursin.

5-maslahat: Telefonda ko`p gapirib vaqtingizni oladigan do`stlaringiz ko`ng`iroq qilib qolsa, suhbatning boshidayoq “telefonimning quvvati tugayapti” deb ogohlantiring. Asabingiz kamroq buziladi.

6-maslahat: Do`kon va bozorga borishni rejalashtirayotgan bo`lsangiz, albatta, ro`yxat tuzing. Pulingizni keraksiz narsalarga sarflamaysiz.

    Boshqa yangiliklar