Kefir tarkibida sochlarni mustahkamlovchi, sog`lomlashtiruvchi moddalar mavjud. Shuning soch sochingiz turiga qarab, quyidagi niqoblardan foydalaning. Niqoblarni surtgach, polietilen paket kiyib, sochiq bilan o`rashni unutmang.
Quruq sochlarga
Yarim stakan kefirni biroz istib, 1 dona tuxum sarig`i va bir necha tomchi chakamug` yog`i qo`shing. Aralashtirib, sochlaringizga uzunligi bo`yicha surting. Bir soatcha vaqt o`tgach, shampun bilan yuving.
Yog`lanmasin, desangiz
Yarim stakan yog`siz kefirni sochlaringizga surtib, yarim soat o`tgach, shampunlab yuving. So`ngra moychechak damlamasi bilan chaying.
To`kilishiga qarshi
Yarim stakan kefirga 1 choy qoshiq suyuq asal solib, soch tolalariga surting. 45 daqiqadan so`ng shampunlab yuving.
Hajm bering!
Yarim stakan kefirni yarim choy qoshiq quruq xamirturush va 1 choy qoshiq asal bilan aralashtiring. Yarim soat isiq joyda qoldiring. Sochlaringizga bir tekis qilib surtib, 25 daqiqadan so`ng shampun bilan yuving.
Tez o`sishi uchun
1-2 osh qoshiq kakaoni suv bug`iga tutib turing. So`ngra yarim stakan kefirga qo`shing. Agar sochlaringiz quruq bo`lsa, 1-2 tomchi kanakunjut moyi tomizish mumkin. Sochlaringizga surtib, 30-40 daqiqa o`tgach, avval shampun, so`ngra moychechak damlamasi bilan chaying.





