AsosiySUG'DIYONA

GO`ShT QANDAY MARINADLANADI?

'GO`ShT QANDAY MARINADLANADI?'ning rasmi

Qo`y go`shtini 2 soat marinadlash kifoya bo`lsa, mol go`shtiga bir kun avval ishlov berilgani ma`qul. Parranda go`shtlari esa tez pishishi hisobiga faqat ta`mi uchun marinadlanadi.

Mol go`shtini kivi bo`laklari, gazlangan suv va qatiq aralashmasi bilan maridlasangiz, kabob tayyorlashda ham foydalansa bo`ladi.

Qo`y go`shti uchun esa chuchuk qatiqning o`zi kifoya.

Parranda go`shtini tuz, zira, murch va qizil qalampir bilan marinadlab, 1 soatga qoldirasiz. So`ngra unga bilab olib, o`simlik yog`ida qovurilsa, usti qizarib pishadi.

To`g`ralgan mol go`shtini yarimta limon, tuz va 1 choy qoshiq shakar bilan aralashtirib, 2 soatga qoldiring. Bu aralashma qovurma taomlar uchun tavsiya etiladi.

Qovurg`a go`shtini marinadlashda tuz, murch va ziradan foydalanish kifoya. Agar qovurg`a yo`g`onroq bo`lsa, pichoq bilan kesmalar hosil qilib, orasiga sariyog` bo`laklarini joylash mumkin.

    Boshqa yangiliklar