— 2-guruh nogironlik nafaqasini olaman. Oliy ma`lumotli o`qituvchiman. Maktabda bir stavka dars bilan ishlasam bo`ladimi yoki menga mumkin emasmi?
G.Masharipova, Xorazm viloyati
E. MUHITDINOV, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o`rinbosari:
— O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 116-moddasida ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog`lig`i holati, mehnatning shartlari, mehnat vazifalarining o`ziga xos xususiyatlari va o`zga holatlarni inobatga olib, mehnat to`g`risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to`lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi:
I va II guruh nogironi bo`lgan xodimlar (Mehnat Kodeksining 220-moddaning uchinchi qismi);
Shuningdek, Mehnat kodeksining 220-moddasida nogironlar mehnatini muhofaza qilishning qo`shimcha choralari, ish beruvchi belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida maxalliy mehnat organi tomonidan yo`llangan nogironlarni ishga qabul qilishi shart.
TMEKning nogironlarga to`liqsiz ish vaqti rejimi o`rnatish, ularning vazifasini kamaytirish va mehnatning boshqa shartlari haqidagi tavsiyalarini bajarish ish beruvchi uchun majburiydir.
I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to`lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga o`ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
I va II guruh nogironlariga o`ttiz kalendar kundan kam bo`lmagan muddat bilan yillik uzaytirilgan asosiy ta`til beriladi.
Nogironlarni tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga ularning roziligi bilangina, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo`lsa, yo`l qo`yilishi ko`rsatib o`tilgan.






