AsosiySUG'DIYONA

ANOR. QON BOSIMINI TUShIRADI, ShAMOLLAShDA FOYDALI…

'ANOR. QON BOSIMINI TUShIRADI, ShAMOLLAShDA FOYDALI…'ning rasmi

Tuzilishidan olmagao`xshagani uchun anorni qadimgi Gresiyada «donli olma» deb atashgan. Uning shifobaxsh xususiyatlari haqida qadimgi Hind manuskriptlarida ham yozilgan. Bu meva bugungi kunda ham sevib iste`mol qilinadi. Sahifamizda anorni to`g`ri tanlash qoidalari va foydali xususiyatlari haqida ma`lumot beramiz.

MEVASI

Gemoglobinni oshiradi

Anor qonni ko`paytiradi. Agar qonda gemoglobin miqdori kamayib ketgan bo`lsa, kuniga uch mahal, ovqatlanishdan yarim soat oldin, yarim stakan miqdorda anor sharbatini ichish tavsiya etiladi. Muolaja muddati: 2 oy.

Qon bosimi ko`tarilganda…

Anor mevasi donalari arterial bosimni tushiradi. Anorning yupqa pardasi quritilib, choyga solib ichilsa, asabni tinchlantiradi, havotirlik hissini yo`qotadi.

Gormonlar faolligini oshiradi…

Anor mevasi donalari tarkibida organizmdagi gormonal balansni tiklaydigan moylar mavjud. U ayniqsa hayz jarayoni og`riqli kechadigan, boshi og`riydigan, klimaks yoshidagi ayollar uchun juda foydali.

ShARBATI

Qandli diabetda…

Anor sharbati qandli diabetga chalingan insonlar uchun iste`mol qilish foydali bo`lgan sanoqli shirinliklardan biri. Maxsus ko`rsatmalar bo`lmagan taqdirda, bemor kuniga ovqatlanishdan oldin 60 tomchi achchiq anor sharbatini iste`mol qilishi lozim. Muolajaning uchinchi kunidanoq qondagi qand miqdori sezilarli darajada pasayadi.

Nurlanganda…

Radioaktiv izotoplar bilan ishlovchi yoki nurlanish darajasi yuqori bo`lgan hududlarda yashovchi aholi uchun anor sharbati nihoyatda foydali.

Shuningdek…

Anor sharbati ishtaha ochuvchi, peshob haydovchi, og`riq qoldiruvchi, yarani gazak oldirishdan saqlovchi xususiyatlarga ega. Yallig`lanishga qarshi samarali vosita. Shamollash, ichak kasalliklari va kamqonlikka qarshi davo sifatida foydalaniladi. Vitaminlarga boy bu mahsulotni silla qurishi, kamqonlik, yurak va qon tomirlari sklerozi, bronxial astma, angina kasalliklarida iste`mol qilish tavsiya etiladi. Shirin anorning sharbati yuqumli kasalliklar bilan xastalangan, jarrohlikni boshdan kechirgan, oshqozon ichak kasalliklari, bavosil bilan og`rigan bemorlar uchun nihoyatda foydali.

Mumkin emas!

Oshqozon pardasi yallig`langan, oshqozon shirasi kislotaliligi oshgan (gastritga chalingan) bemorlarga anor sharbatini ichish man etiladi!

Yodda tuting!

Anor sharbatini boshqa sharbatlar singari iste`mol qilishdan oldin suv bilan aralashtirish lozim. Sababi, u ichak devorlari va tishlar emaliga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

PO`STLOG`I

Angina, stomatit, faringit yoki gingivitda…

Anor po`stlog`i qaynatmasi yoki sharbati yordamida og`iz bo`shlig`i va tomoqni chayish foydali.

Terida husnbuzar yoki yiringli toshmalar toshsa…

Salgina qovurib olingan anor po`stlog`ini maydalab, sariyog` yoki zaytun moyi bilan aralashtirib, yuz terisiga niqob tarzida surting. Niqobni muzlatkichda saqlash lozim, haftasiga 2 martadan ko`p ishlatish mumkin emas. Anorning quritib yanchilgan po`stlog`i yordamida kuygan, yorilgan va kesilgan joylarni µam davolash mumkin.

Unutmang!

Qaynatma, damlama tayyorlayotganda anor po`stlog`ini me`yorida sola bilish lozim. Aks holda, ko`rish qobiliyati sustlashishi, ko`ngil aynishi, qon bosimi oshishi yuzaga kelishi mumkin.

DILShODA tayyorladi

P/S: Reseptlarni qo`llashdan oldin albatta mutaxassis Bilan maslaµatlashing. Unutmang, µar bir organizm o`ziga xos.

Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi

Boshqa yangiliklar