- Eng oson va tez usullardan biri bu — pulverizator (suv purkagich)ga suv hamda bir necha tomchi istalgan emir moyidan solib, uy bo`ylab sepib chiqishdir.
- Sirli idishga ikki litr suv va bitta limon po`stlog`ini solib, 20 daqiqa davomida qaynating. Bu ish bilan oshxonadagi yoqimsiz hidni osongina bartaraf etsa bo`ladi. Boshqa xonalardan ham yoqimli is kelib turishini istasangiz, qaynatmani idishlarga solib xonalarga qo`yib chiqing. Sovugach yig`ib oling.
- Xona pollarini artib bo`lgach, 5-6 tomchi yod qo`shilgan 1 litr suvda matoni namlab, yana bir marta pol artib chiqiladi. Bu usulni bajarganingizdan so`ng xonalardan xuddi dengizning yoqimli hidi kelayotganga o`xshaydi.
- Dokadan kichik xaltachalar tiking, ularning ichini ko`k choyning quruq bargi bilan to`ldiring. Xonaning turli erlariga ilib qo`ying.
- Yarim litrli bankani atirgul yaproqlari bilan to`ldiring, ularning orasiga ozgina tuz sepishni unutmang. So`ng ikki osh qoshiq spirt solib, bankaning qopqog`ini mahkam yoping. Bir kun qorong`i va salqin erda saqlang. Xonani havosini yangilash kerak bo`lganda atirgulli bankaning qopqog`ini biroz ochib qo`ying.
30.11.2017 20:28
XONA HAVOSINI YaNGILAYMIZ!






