AsosiySUG'DIYONA

​HOMILADORLIKDAGI AFSONALAR: OYDINLIK KIRITAMIZ!

'​HOMILADORLIKDAGI AFSONALAR: OYDINLIK KIRITAMIZ!'ning rasmi

Ultratovush tekshiruvi bolaga ziyon etkazadi.

YO`Q! Ko`cha-ko`yda bu tekshiruvning zararlari haqida ko`p va xo`p gap tarqalgan. Bu bo`lajak onalarni qo`rqitishdan boshqa narsa emas, aslida. Ularning birortasi ilmiy jihatdan isbotlanmagan. Biroq, homilaning holatini aniqlashda ultratovush tekshiruvining foydasi beqiyos.

Agar qorin dumaloq bo`lsa qiz, cho`zinchoq bo`lsa o`g`il tug`iladi.

TASODIF! homilador ayol qornining shakli mushaklar tonusiga, tos suyagining katta kichikligiga va boshqa ko`plab omillarga bog`liq. Biroq homilaning jinsiga emas. Bunday bashoratlar yo to`g`ri chiqadi, yoki yo`q. Ishonish ishonmaslik o`z ixtiyoringizda.

Homiladorlikda soch qirqtirish yoki bo`yash mumkin emas.

YO`Q va HA! Qadim zamonlarda kishining hayotiy quvvati sochlarda jamlanishiga ishonishgan. Bu irim o`sha zamonlarda tarqalgan bo`lsa, ajabmas. homiladorlikda sochlarni qirqishning bolaga hech qanday ta`siri bo`lmasligi isbotlandi. Ammo sochlarni bo`yash chindan ham tavsiya etilmaydi.

Bo`lajak ona ikki karra ko`p ovqatlanishi kerak.

YO`Q! homiladorlik ikki karra kalloriyali taomlar tanovul qilish xuquqini bermaydi. Aksincha, xamirli, sho`r, yog`li taomlardan tiyilib, vitaminlarga boy, tabiiy mahsulotlardan tanovul qilish fursati etganligini bildiradi.

homilador ayol oyoqlarini chalishtirib o`tirsa, bolaning oyoqlari qiyshiq bo`lib qoladi.

YO`Q! Ammo homilador ayol oyoqlarini chalishtirib o`tirishi to`g`ri emas. Bu odat go`dakning oyoqlariga emas, bo`lajak onaning qon aylanish tizimiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Toksikoz og`ir kechsa qiz farzand dunyoga keladi...

YO`Q! Toksikoz belgilari (qusish, chanqoq, asabiylik) gormonal o`zgarishlar ta`sirida yuzaga keladi. Uni go`dakning jinsiga bog`lash noto`g`ri. Ammo egizak farzand kutayotgan onalarni toksikoz chindan ham ko`proq bezovta qilishi aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar