AsosiySUG'DIYONA
20724

KALSIY — SUYaKLAR MUSTAHKAMLIGI YO`LIDA

'KALSIY — SUYaKLAR MUSTAHKAMLIGI YO`LIDA 'ning rasmi

Farzandingizning tirnoqlari va tishlari mo`rt, sochlari mo`rtmi? O`zi tajang va asabiy bo`lib qolganmi? Balki organizmida kalsiy kamayib ketgandir?

Foydasi: asab tizimining me`yoriy holatda qo`zg`alishi va qon ivishida zarur bo`lib, suyak hamda tishlar mustahkamligi uchun foydali. Kalsiy kamayib ketishi ayrim hollarda bolada spazmafiliya (tirishib qolish) xastaligini keltirib chiqarishi mumkin.

Kunlik miqdori: bolangiz 1-7 yosh oralig`ida bo`lsa, 700-800 mg, 8-11 yoshda bo`lsa, 800-900 mg,12 yoshdan oshgan bo`lsa, 1000 mg.gacha.

Me`yordan oshsa: ko`ngil aynishi, bosh og`rig`i, jigar va taloqda shish hamda suyaklar ohaklanishi yuzaga kelishi mumkin.

Muhim! Kalsiy moddasini temir, magniy, marganes va sink bilan bir vaqtda qabul qilib bo`lmaydi. D, V6, V12 vitaminlari bilan to`g`ri keladi.

Profilaktika: sut, karam, pishloq, gulkaram, yong`oq, baliq go`shti kabi maµsulotlardan tayyorlangan taom va eguliklar bolajoningiz taomnomasida mavjud bo`lsa, kalsiy etishmasligi xavf solmaydi. Shu bois taom tayyorlashda mazasi bilan birga, foydasi haqida ham o`ylab ko`ring.

Dorixonalarda: shifokor ko`rsatmasiga ko`ra Faol Kalsiy (1 choy qoshiqdan 1 mahal) suyuqligi, Kalsiyglyukonat (1 tabletkadan 2 mahal) va Kalsiy D3 Nikomed (1 yoshgacha 4/1, yoshidan oshgach, 0,5 tabletkadan) preparatlarini berish mumkin.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar