AsosiySUG'DIYONA

«GUNOHNI U QILIB, AZOBNI MEN TORTAYaPMAN»

'«GUNOHNI U QILIB, AZOBNI MEN TORTAYaPMAN»'ning rasmi

Zafarxo`ja, 39 yosh, Toshkent shahri:

— Xotinim menga xiyonat qilishi mumkinligini xayolimga ham keltirmasdim, lekin bu haqiqat bo`lib chiqdi. Qo`limda oliy ma`lumotim yo`qligi uchun bir oshxonaga oshpaz bo`lib ishga kirdim. Mijozlar ko`pligi uchun olayotgan maoshim ro`zg`orni yuritishga etib turgandi. Mijozlar aynan mening pishirgan taomlarimni ko`proq so`rashgani uchun boshlig`imiz menga ishonib, rag`batlantirib turardi. Bu erda hamma bilan qadrdon bo`lib keganimdan so`ng ayolimga ham yonimdan ish gaplashdim. Ko`z o`ngimda bo`ladi har doim deb o`ylagandim. Lekin o`zida insof bo`lmasa, qiyin ekan. Yonimda yurib, ko`zimga cho`p suqdi. Oshxonamizga kelib yuradigan doimiy mijozlardan biri bilan don olisha boshlaganini hamma sezibdi-yu, bitta men g`aflatda qolgan ekanman. Avvaliga ishonmadim. O`zim tekshirib ko`rganimdan so`ng uni o`ldirib qo`yishimga sal qoldi.

— Menga ish gaplashib bermoqchi edi... sizga aytmoqchi bo`lib yurgandim. Boshqa hech gap bo`lgani yo`q, — deb turib oldi.

Bolalarimizning bo`yi etay deb qolgan. Ishxonadagilar ham bu gapdan xabar topgan. Hamma ustimdan kulayapti. Uyimga ham, ishxonamga ham bormay qo`ydim. Xotinimga «ko`zimga ko`rinma, yo`qol» desam, «bu uydan faqat o`ligim chiqadi», deb turib oldi. Keyin o`zim chiqib ketdim. Hozir oilamdan ham, ishimdan ham, uyimdan ham ajralib o`tiribman. Xotinim bilan endi yasholmayman. Uni qanday jazolashni bilmayman...

To`ti YuSUPOVA, O`zbekiston xalq artisti: — Xotiningizni jazolashga shoshilmang. Avvalo vaziyatga yaxshilab oydinlik kiriting. Balki bu oilangizga nisbatan qilingan fitna bo`lishi ham mumkin. Xotiningizga vaqt berib, buni tekshirib ko`ring. Agar haqiqatan ham ayolingiz sizga xiyonat qilgan bo`lsa, hozirgi holatinnig o`zi u uchun katta jazo. Shunchalik sharmanda bo`lgani unga saboq bo`lishi kerak. Singan ko`ngilni tiklab bo`lmaydi deganidek, u bilan hayotingizni davom ettirolmaysiz. Lekin farzandlaringizga u baribir kerak, ularning tuqqan onasi. Uy-joyni ularga qoldirganingiz to`g`riroq. Farzandlaringizni tashlab qo`yolmaysiz. Siz hayotingizni qaytadan izga solishga harakat qiling.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar