1

GEL, QALAMChA YoKI PLASTIK JARROHLIK? QAY BIRI IShONChLI?

SUG'DIYONA 14.12.2017, 11:49
Teglar: Sog` bo`ling
GEL, QALAMChA YoKI PLASTIK JARROHLIK? QAY BIRI IShONChLI?

Jinsiy hayot tarzini yaxshilash uchun har safar qop-qop maslahat beramiz. Aqalli bittasiga amal qilayotgandirsiz-a? Bu safar ehtiroslarni junbushga keltiruvchi shamchalaru allambalo liboslar xususida gaplashmaymiz. Mavzumiz anchayin jiddiy – qinni toraytirish usullari haqida bo`ladi. Ha-ha, to`g`ri tushundingiz, kuni kecha dugonangiz boplab maqtagan, qo`shni kelinchak qaysidir xorijiy firma mahsuloti deya ta`riflayotgan vositalarning foyda va zarari, qo`llash mumkin bo`lgan va aksincha man etilgan holatlarini batafsil tahlil qilamiz. Va eng asosiysi, qinning me`yoriy o`lchamdan kengayishi qanday sodir bo`ladi? Munozarali savolning echimini topishga ham urinib ko`ramiz.

Mutaxassis – androlog – seksopatolog Dilmurod ERGAShEV.

Buni qachon sezdingiz?

Sog`liqda biror bezovtalik kuzatilmasa, jinsiy a`zolarda surunkali yallig`lanish yoki ayollarga hos kasalliklar mavjud bo`lmaganida qin mushaklarining cho`ziluvchanligi me`yorda bo`ladi. Ayrimlarda qin mushaklarining sustligi tug`ma patologiya hisoblanib, tug`ruqdan so`ng yanada bo`shashib ketishi mumkin. Yoshga doir o`zgarishlar hisobiga to`qimalarda kollagen taqchilligining yuzaga kelishi ham muammoning sababchilaridan biri. Xo`sh, qinning avvalgi o`lchamda emasligi qay holatda seziladi? Avvalambor, jinsiy yaqinlik vaqti ayol qoniqish hosil qilmaydi. Bu holat erkakda ham kuzatilishi mumkin. Ammo shugina xolos emas-da. Tarangligini yo`qotib borayotgan mushaklar asta-sekinlik bilan peshob tutolmaslik, qin devorlarining tushib qolishi, qin a`zosining qisman yoki to`liq pastlashiga olib kelishi mumkin. Anglaganingizdek bu yaqinlikdan ham ko`ra salomatlikda muammolarni paydo qiladi.

Dorixonada nega yo`q?

Qalamcha, gel yoki krem shaklida bo`lgan qinni toraytiruvchi vositalarning izidan tushib, poytaxtimizdagi bir qancha dorixonalar bilan bog`landik. Biroq hech birida biz so`ragan vositalarning loaqal bittasi ham uchramadi. Vaholank,i qalamcha ko`rinishida bo`lgan toraytiruvchi vosita haqida «bachadondagi yallig`lanishni davolaydi, qon aylanishini yaxshilaydi, eroziyalar ham cho`t emas» deyilgandi. Agar chindan ham tibbiy ko`rsatmalari bo`lsa, xo`sh nega unda dorixonada yo`q?! Axir bachadon bo`yini devorida hosil bo`lgan yarani davolash uchun tibbiy tekshiruvdan o`tgan va shifokorlar tomonidan tasdiqlangan preparatlar tavsiya etiladi. Zero, ushbu patologiyaning noto`g`ri davolanishi xavfli o`simta yuzaga kelishiga sabab bo`lishi ham mubolag`a emas!

Tarkibi qanday?

Surishtirishda davom etib, kosmetika vositalari savdosi bilan shug`ullanuvchi kompaniyalar bilan aloqaga chiqdik. Izlaganimizni topishga topdig-u, gel, krem yoki qalamchaning tarkibi va qanday ta`sir ko`rsatishi o`ylantirib qo`ydi. Ma`lum bo`lishicha, bu kabi vositalar asosida oshlovchi moddalar bo`lib, qin shillig`ining epitelial to`qimasini bir-birigi biriktiradi va shuning evaziga qinning torayishi kelib chiqadi. Masalan, qalamchadan foydalanishda uchini suvda xo`llab, asta qin ichiga kiritiladi. Qalamcha yordamida qin ichida o`ttiz soniyalik engil uqalash amalga oshiriladi. «Muolaja» yaqinlikdan 15-20 daqiqa avval bajariladi, ta`siri qalamcha qindan bo`shatilgach sezila boshlaydi. Mazkur usulning ish berishini inkor etolmaymiz. Biroq foydalanishda ba`zi qoidalarni unutmaslik kerak. Masalan, qalamcha o`ttiz soniyadan ortiq ushlab turilsa qin shillig`i kamayib, haddan ortiq quruqlashib ketadi. Natijada yaqinlik vaqti og`riq qo`zg`alishi mumkin. Qolaversa bu kabi usullarga 3-4 kunda bir marta murojaat qilinishi lozim. Muntazam foydalanganda organning tabiiy muhitiga nojo`ya ta`siri bo`ladi. Hidli surtmalar bilan ham xuddi shu gap. Doimiy foydalanilganida qin mushaklarining tabiiy qisqarishi yo`qoladi. Gigiena qoidalariga amal qilinmaganida esa turli xastaliklarga sabab bo`lishi mumkin.

Yana bir muhim holatga diqqat qiling: qin mushaklarini taranglashtiruvchi vositalar jinsiy a`zolarda biror kasallik bo`lmaganidagina foyda berishi mumkin. Qin mushaklarining patologik cho`ziluvchan ko`rinishga kelishi hamda mushaklar atrofiyasida hech qanday vosita ko`mak bermaydi. Jinsiy a`zolarda yallig`lanish bo`lganida esa gel yoki qalamchalar ajralma miqdorining ortishi, qorinning pastki sohasi yoxud belda og`riqning yuzaga keltirishi mumkin.

Jarrohlik amaliyoti qachon o`tkaziladi?

Qin mushaklari elastiklik xususiyatini mutloq yo`qotganida, qinning orqa va old devorlarining tushib qolishi kuzatilganida shifokorlar plastik jarrohlik amaliyotini tavsiya etishadi. Tibbiy tekshiruvlar xulosasiga ko`ra, muolaja uchun qarshi ko`rsatmalar aniqlanmasa, kolporafiya usuli amalga oshiriladi.

Tos suyagi kichik homila esa katta tug`ilganida qin dahlizi kengayib ketishi mumkin. Ushbu holatda qin devorlarining elastikligi me`yorda saqlanib qolingan bo`lsa, aynan dahliz qismini toraytirish bo`yicha plastik operasiya o`tkazilishi mumkin. Har ikkala usul ham faqat mutaxassis tomonidan tanlanib, har bir ayolga individual tarzda mos kelish-kelmasligi hal etiladi.

Qon kasalliklari va organizmda infeksiya aniqlanganida, jarrohlik amaliyoti man etiladi.

Ortiqcha vazn ortiqcha muammo!

Ma`lumotlarga ko`ra, haddan ortiq semizlik qin mushaklarining sustlashishiga olib kelishi mumkin. Demak, ortiqcha vazndan halos bo`lsangiz, boshqa muammolar ham o`z-o`zidan echimini topadi.

Sharchalar...

Qin mushaklarini taranglashtirishda Kegel mashqining maxsus plastik sharchalar bilan bajariladigan turi mavjud. Bunda kichik o`lchamdagi sharcha qin ichiga ketma-ket kiritilib, mushaklarni siqish va bo`shatish mashqi bajariladi. Shug`ullanishdan avval peshob xaltasini bo`shatib olgan ma`qul. Mashqni turgan yoki o`tirgan holatda o`tkazish mumkin. Kegel sharchalari nafaqat qin devorlarining elastikligini qaytarishda balki siydik tutolmaslikda ham tavsiya etiladi.

Kegel mashqi

Guvohi bo`lganingizdek qin mushaklarini toraytirishda yo turli xil vositalar yoki plastik jarrohlik usuliga murojaat qilish mumkin ekan. Ammo har qaysinisining o`ziga yarasha nojo`ya ta`sirlari va mumkin bo`lmagan holatlari mavjud. Darrov ruhingizni cho`ktirmang. Ham vaqtingiz, ham naqdingizdan yutishning yana bir usulini tanishtiramiz. Bu o`sha Kegel mashqlari! Hafsala qilsangiz, mashqlarni tezda o`zlashtirib olasiz. Natijasi esa bir umr siz bilan birga qoladi.

  • Birinchi bosqich: 1-2 soniyaga qin mushaklarini qattiq siqing, so`ng bo`shating. Kutilgan natijaga erishish uchun mashqni bir kunda 2-3 martadan, 5-30 marta qisqartirishgacha bajarish mumkin;
  • Ikkinchi bosqich: qin mushaklarini siqib 10 soniya ushlab turing, so`ng bo`shashtiring-da, 10 soniya dam bering. Mashqni 4 daqiqa davomida bajarasiz. Keyin bir daqiqa davomida qin mushaklarini tez-tez qisqartirib-bo`shatish kerak bo`ladi.
  • Uchinchi bosqich: «Lift» deb nomlanuvchi mashqqa o`tish uchun avval yuqoridagi ikkitasini bajargan bo`lishingiz kerak. Shunda muammoga yo`liqmaysiz. Diqqat qiling, avval qin mushaklarini siqing-da 3-5 soniya ushlab turing, so`ng ana shu holatda mushaklarga tag`in zo`riqish berasiz. Ya`ni xayolan lift ikkinchi qavatga ko`tarildi. 3-5 soniyadan so`ng yana mushaklarga zo`r berib qisqartirasiz. Shu tariqa liftingiz 4 qavatga ko`tarilishi kerak. So`ng asta mushaklarni bo`shashtirishingiz mumkin. Tortilib turgan mushakni keskin bo`shatib bo`lmaydi.

Kegel mashqini kunora bajarishga odatlansangiz, toraytiruvchi vositalarga hojatga ham qolmaydi.

Ranjimang-u, ammo tayyor surtma yoki qalamchalardan foydalanishingiz, o`z ustingizda ishlamasligingizga ishora berayapti-da. Norozi bo`layapsizmi? U holda turli vositalarni bir chetga yashiringda, bugundan boshlab jismoniy mashqlar bilan shug`ullaning, taomnomangizni qayta ko`rib chiqing, yotoqxona ko`rinishini ham bir sidra yangilab oling, sochni turmaklashu qosh-ko`zni bo`yashni gapirmasam ham bo`lar-a? Shularning barini bajarsangiz, yashirib qo`yganlaringizga qayrilib ham qaramaysiz. Xo`sh, nima dedingiz?

MARJONA tayyorladi.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


Sharhlar

BO`ShAShGAN, QONAYoTGAN VA YaLLIЈLANGAN MILKNI DAVOLAYMIZ!

21.12.2017, 18:31

Ko`pchilik tish yuvayotgan paytda milklarining qonashiga uncha ahamiyat bermaydi. Vaholanki, aynan shu holatdan keyin og`zidan hid kelishidan tortib tish bo`shab qolishi va tushishigacha bo`lgan asoratlar...
APELSIN. ShARBATI HAM, ETI HAM, PO`STLOG`I HAM ShIFOBAXSh XUSUSIYaTGA EGA

21.12.2017, 18:18

Plyuslari: Sharbati hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, teri jarohatlanganda qon ketishini to`xtatishda yordam beradi, yaralarni zararli mikroblardan tozalaydi.Agar har kuni och qoringa bir juft apelsin esangiz...
MANDARIN — YaNGI YIL MEVASI!

21.12.2017, 18:18

Plyuslari: Tana harorati ko`tarilganda mandarin sharbati chanqoqni bosishda yordam beradi; Mikrob va viruslarga qarshi ta`sir kuchiga ega. Demak, o`tkir respirator kasalliklar va grippning oldini olishda...
BAYRAM DASTURXONI VA SALOMATLIK

21.12.2017, 18:15

Har bir kasallikka xos mumkin bo`lmagan holatlar bor. Bayram dasturxonini bezatishda yoki noz-ne`matlardan bahramand bo`lishda ularni inobatga olishga to`g`ri keladi. U yoki bu kasallikda qaysi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1