6 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Trump bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “S5+1” formati doirasida Markaziy Osiyo va AQSh munosabatlarini chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Mirziyoyev amerikalik hamkasbini O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.






