1

“BANKKA QO`YGAN KUPON PULLARNI QANDAY QAYTARIB OLAMAN?”

Savol-javob 16.12.2017, 11:33
“BANKKA QO`YGAN KUPON PULLARNI QANDAY QAYTARIB OLAMAN?”

— Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq banki Chimboy filialining omonat kassasiga o`zim va turmush o`rtog`im nomiga 1990yillarda kupon pullarni qo`ygan edik. Ularni hozir qaytarib olsak bo`ladimi?

Ornbay Abdukarimov, Qoraqalpog`iston Respublikasi

G`.Polvonov, O`zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruv raisi o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 20 dekabrdagi «Aholining omonatlardagi va davlat sug`urtasi bo`yicha pul mablag`larini indeksasiya qilish to`g`risida»gi PF-1327-sonli Farmoni va uni bajarish yuzasidan qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 12 fevraldagi "Aholining omonatlardagi va davlat sug`urtasi bo`yicha pul, mablag`larini indeksasiya qilish to`g`risida"gi 54-sonli qaroriga asosan, aholi omonatlarini indeksasiya qilish 1992 yil 1 yanvargacha ochilgan va 1996 yil 1 yanvar holatiga amalda bo`lgan, O`zbekiston Respublikasining bank muassasalaridagi omonatda saqlanayotgan pul mablag`lari 1996 yil 15 fevraldan 30 iyunga qadar omonatchilar murojaat qilganlarida indeksasiya qilinishi qayd etilgan va ushbu omonat mablag`lari yuqoridagi qarorlar talablariga asosan indeksasiya qilib berilgan.

Ushbu omonat mablag`larini omonatchi yoki ishonchli vakili bankning Chimboy filialidan istalgan vaqtda olib ketishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1