AsosiySUG'DIYONA

YoShARTIRUVChI NIQOB

'YoShARTIRUVChI NIQOB'ning rasmi

— Onam menga bir niqobni tayyorlash yo`lini o`rgatdi. Nomi ham bor: «Sharq tunlari».

Uni tayyorlash uchun tarkibida xilma-xil qo`shimchalari bo`lmagan, tabiiy kakao kukunini qaynoq suvga solib, aralashtiring. Aralashma quyuq qaymoq ko`rinishida bo`lishi kerak. Keyin u iliqligida yuz va bo`yin sohasiga surtiladi. Niqob qurigach, avval iliq, so`ng sovuq suvda yuvib tashlang.

Ushbu niqobni haftada bir marotaba yuz va badanga surtsangiz, terini a`lo darajada oziqlantirib, yoshartiradi.

Dilnavoz, Surxondaryo viloyati, Termiz tumani

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar