Plyuslari:
- Sharbati hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, teri jarohatlanganda qon ketishini to`xtatishda yordam beradi, yaralarni zararli mikroblardan tozalaydi.
- Agar har kuni och qoringa bir juft apelsin esangiz yoki bir stakan tabiiy apelsin sharbati ichsangiz, sizga hech qanday qabziyat xavf solmaydi.
- Apelsin ayollar kasalliklarini davolashda ham foydali. Bachadondanqon ketishlarida yoki hayz ko`p kelganda shifo. Buning uchun quyidagi damlamani tayyorlash mumkin: apelsinning maydalangan po`stlog`iga qaynoq suv quyib, olovga qo`yib, besh daqiqa qaynating. Keyin damlamaga o`ttiz daqiqa dam bering. Dokada suzib olib, kuniga 3-4 marta chorak stakandan ichiladi.
- Apelsin kosmetologiyada quruq teri parvarishi uchun foydali. Shunday damlama tayyorlash mumkin: tozalangan apelsinni idishga solib, qaynoq suv quying. To`liq sovigunicha damlab quying. Keyin damlamani suzib olib, yuz terisiga surting.
- Apelsindan yuz terisi uchun niqob sifatida ham foydalanish mumkin. Buning uchun uni aylana shaklida kesib, yuz va bo`yin sohasiga 20 daqiqaga qo`yish kerak. Mazkur niqob teringizni vitaminlarga to`yintirib, unga sog`lik, go`zallik, tetiklik bag`ishlaydi, charchoq izlarini bartaraf etadi.
- Yangi siqib olingan apelsin sharbati oshqozonida muammosi borlarga tavsiya etilmaydi.
Minuslari:
P/S: reseptlarni qo`llashdan oldin, albatta mutaxassis bilan maslahatlashing. Unutmang, har bir organizm o`ziga xosdir!