AsosiySUG'DIYONA
20766

DNK TESTI QANDAY O`TKAZILADI?

'DNK TESTI QANDAY O`TKAZILADI?'ning rasmi

Hayotda qarindoshlik darajasini aniqlashni taqozo etadigan turli holatlar uchrashi mumkin. Bu ba`zan oilalarning birlashishiga, yuridik muammolarda, to`qimalarning biologik jihatdan bir-biriga mosligini aniqlash uchun ham talab qilinadi. Bundan o`n yilcha avval bunday muammolarni hal etish anchayin katta muammo tug`dirib, DNK testi natijasini batamom aniq deb bo`lmasdi. Ammo biologlar inson DNKsini «o`qish»ni o`rganishganidan so`ng turli genetik tadqiqotlar kashf qilindi. Bu testlar yordamida biologik qarindoshlik rishtalari va uning darajasini aniqlash yo`lga qo`yilgan.

DNK nima?

Dezoksiribonuklein kislota, ya`ni DNK — tirik organizmlar va ba`zi viruslarda bo`ladigan dezoksiribonukleotidlar polimeri. DNK genetik axborotni avloddan-avlodga o`tkazishni o`zining aniq nusxasini yaratish (replikasiya) orqali bajaradi. DNK molekulasi adenin, guanin, sitozin, timin tutuvchi mononukleotidlarning 3', 5' fosfat diefir ko`prik hosil qilib bog`lanishidan tuzilgan. Uotson-krik variantiga muvofiq, DNK molekulasi ikkita bir-biriga mos (komplementar) polinukleotid zanjirdan tashkil topgan. Ular faraz qilinadigan o`q atrofida bir-biriga o`ralgan bo`ladi. DNK asosan hujayra yadrosida joylashib, maxsus oqsil molekulalari bilan birga uning xromosomalarini tashkil qiladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar