1

QAShQADARYoDA MING YoShLI DARAXT HAMON MEVA BERMOQDA. MEVANING BIR KILOSI – 100 MING SO`M

Iqtisodiyot 08.01.2018, 14:22
QAShQADARYoDA MING YoShLI DARAXT HAMON MEVA BERMOQDA. MEVANING BIR KILOSI – 100 MING SO`M

Yurtimizda 35 ming gektardan ko`proq maydonda xandon pista etishtirilishiga qaramay uning bir kilogrammi bozorlarimizda 100 ming so`mdan yuqori narxlarda sotilmoqda. Jahon bozorida "yashil oltin" deya ta`rif beriladigan bu mahsulot yong`oq va bodomga nisbatan 5-6 barobar qimmat baholanadi.

O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi mutasaddilarining ta`kidlashicha, 2017 yilda tog` tizmalaridagi tog`oldi va tog` yonbag`irlaridagi ming gektar maydonda pista ko`chatlari ekilgan. Joriy yilda yana 2 ming gektarda pistazor tashkil etiladi.

Yana bir yangilik. Avvallari pistaning urug`i erga tashlab qo`yilgani, uchun uni qushlar olib ketish ehtimoli ko`proq edi. O`tgan yildan boshlab, bu borda sellofan xaltachada mahalliy va mineral o`g`it bilan aralashtirilgan tuproqda urug`ni bir oy mobaynida parvarishlash usuli qo`llanmoqda. O`rada nishlab ko`kargan urug`dan ungan nihollar erta bahorda tanlangan erga o`tqaziladi.

Ammo buni etarli deb bo`lmaydi. Nega? Birinchidan, pistazorlar tashkil etishning afzalliklari haqida ko`pchilik etarli tushunchaga ega emas, ikkinchidan esa pista nisbatan kech hosilga kiradi, ya`ni 7-8 yilda ilk mevasini berib, har uch yilda "dam oladi". Ayni shu jihat unga nisbatan qiziqishning kamayishiga sabab bo`lgan. Biroq, pista daraxti deyarli suv talab qilmasligi, ming yilgacha meva berishi lalmikor erlardan samarali foydalanishda qo`l keladi.

Qashqadaryo viloyatida joylashgan Quruqsoy tizimida 1000 yoshga etgan bir necha xandon pista daraxti saqlanib qolgan bo`lib, ular hozirda ham hosil bermoqda.

Mutaxassislarning aytishicha, bir gektar erda 150-180 ta pista daraxti ekish mumkin. 50 darajagacha issiqqa va 41 darajagacha sovuqqa chidaydi. Hosildor nav bo`lsa va to`liq hosilga kirsa, bitta daraxt 100 kilogrammdan ortiq hosil berar ekan. Endi o`zingiz o`ylab ko`ring: hosil yaxshi bo`lganda yiliga o`rtacha 15 tonnadan ortiq xandon pista olish mumkin. Bu bir yarim milliard so`m nari-berisidagi mablag` degani.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1