1

JAVOBSIZ MUHABBAT SABAB QATTIQ KUYINMANG, BU VAQTINChA

Munajjimlar bashorati 09.01.2018, 16:10
JAVOBSIZ MUHABBAT SABAB QATTIQ KUYINMANG, BU VAQTINChA

JAVZO

(22 may – 21 iyun)

Umumiy bashorat
Javzo burji ostida tavallud topgan insonlarning asosiy xarakterlaridan biri — ularning o`zgaruvchanligi va ikki taraflamaligidir.

Burj vakillari chaqqon bo`lgani uchun bir vaqtning o`zida bir necha yumushlarni bajara olish, bir necha tillarni bilish qobiliyatiga ega. Biroq shunga qaramay, ular beqarorligi sababli ko`pincha muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Kayfiyatiga qarab ish joyini, yashash joyini, kiyinish uslubini va hatto yaqinlarini ham o`zgartirib olaveradi.

“Javzo” vakillari tashqi ko`rinish jihatidan yoqimtoy bo`lishadi, samimiyligi va kirishimliligi bois tez-tez yangi tanishlar orttiradi, odamlar bilan oson muloqotga kirishadi, lekin yaqin do`stlari kam bo`ladi. Chunki “Javzo”larning noodatiy xususiyati bor, bu ularning har joyda “men haqman”, deyishlaridir. Ular har qanday vaziyatga fikr bildirganda o`zlarining haqligini uqtirishadi va bunga boshqalarni ishontira olishadi ham.

Ko`p hollarda “Javzo”lar butun olamga qarshi chiqish istagida bo`ladi, barcha tartib-qoidalarni, mavjud taomillarni rad etadi, jamoalarda bu haqda nutq so`zlashlari mumkin. Lekin biroz vaqt o`tgach, aytgan so`zidan qaytadi.

“Javzo”larning salbiy jihati sifatida ularning “pashshadan fil yasash”ga moyilligini aytish mumkin. Bundan tashqari, burj vakillari nozik hisli, salga xafa bo`luvchi hamda xudbindirlar. Taqdirga tan berib, yo`lida davom etmasliklari ham mumkin. Beqarorlik burj sohiblarini birdan xursand bo`lishga va birdan g`amga botishiga majbur qiladi. Biroq bu uzoqqa cho`zilmaydi.

“It” yili “Javzo”lar uchun unumli keladi. Yil boshida o`zlarini yangi bir sohada ham sinab ko`rishadi.Ularga ko`proq ijodiy sohalar ma`qul. Yangi sohada hatto mo`may pul ishlab olishlari mumkin. Bu burj vakillariga katta jamoalarda ishlash qiyinchilik tug`diradi. Ular vazifalarni yolg`izlikda bajarishni ma`qul ko`radilar. Agar ularning ishlarida qandaydir muammolar paydo bo`lsa, shunchalik chuqur depressiyaga tushib qoladiki, undan chiqishi juda qiyin bo`ladi.

Yilning ikkinchi yarmida “Javzo”larni yangi tanishuv kutmoqda. Bu oila qurishga ham sabab bo`ladi. Shuningdek, bu vaqtda salomatlik haqida o`ylash kerak, garchi bu sizni ko`p bezovta qilmasa ham. Kasallik belgilari ochiq bo`lmasa-da, ichkaridan asta-sekin kuchayib borishi mumkin.

Mutaxassislar yo`l harakati qoidalariga ham amal qilishni tavsiya qilib, biror shikast yoki jarohat olishdan ogohlantiradi.

ShAXSIY XAYoT

“Javzo”lar romantik tabiatli va ma`nan boy kishilardir. Ularga yaqin do`stlarining doimiy e`tibori, qo`llab-quvvatlashi muhim. Agar bunday odam yonida bo`lmasa, ular atrofidan darrov hamdard topish harakatiga tushadi.

Oilali “Javzo”lar turmush o`rtoqlari bilan munosabatlariga rang-baranglik kiritishga urinadi. Orada tushunmovchiliklar ham bo`ladi, lekin bu ajrashishgacha olib bormaydi.

Yilning ikkinchi yarmida “Javzo”larni yangilik kutyapti: bu yo farzandli bo`lish yo uzoq kutilgan to`y bo`lishi mumkin. Yolg`iz “Javzo”lar esa juft izlab “ov”ga chiqadi. Ular betakrorligi bilan boshqalarning nazaridan chetda qolmaydi.

Kuz oylarida “Javzo”larda birdaniga ko`p pul topish istagi tug`iladi. Bu istak yo`lida sevimli, yaqin insonlarini ham xafa qilib qo`yishlari mumkin. Ma`lum vaqt karmoni pulga to`ladi, biroq ko`ngli to`lmaydi. Qalbida bo`shliqni sezgach, yana diliga yaqin insonlarining oldiga qaytib boradi.


SALOMATLIK

Kelayotgan yilda o`z turmush tarzingizni ko`zdan kechirish, uni tartibga solish tavsiya etiladi. Zararli odatlar, noto`g`ri ovqatlanish sog`liqqa ziyon etkazishi va natijada shifoxonaga tushib qolish ehtimoli bor. Shuning uchun sog`lom turmush tarzini olib borishni qat`iy ta`kidlaymiz.

Sport bilan shug`ullaning, suzish havzalariga boring, erta tongda yuguring, toza havoda ko`proq sayr qiling va albatta, to`g`ri ovqatlaning. Yog`li, xamir taomlardan voz kechib, ko`proq meva, sarxil salatlar va tabiiy sharbatlar iste`mol qiling. Ruhiy holatingizni ham tartibga soling. Go`zallik salonlari, shoping, sayohatlarga boring.


KARERA

“Javzo”lar miya faolligi bilan ajralib turadi, bu orqali ular karerada katta natijalarga erishishlari mumkin, ammo ulardagi o`zgaruvchanlik bunga xalaqit qiladi.

Burj vakillari harakatchan bo`lgani bois ularni o`z uyidan yoki bir joydan topish qiyin kechadi, chunki ular bir joyda tinch o`tirolmaydi yo biror ish bilan band yoki yangi g`oyalar ustida ishlayotgan bo`ladi.

Karera bobida “It” yili “Javzo”lar uchun omadli keladi. Ular yuqori lavozimlarni egallashlari mumkin. Biroq asosiy maqsadi mansab kursisi emas, balki ko`proq pul topish bo`ladi. O`yxayolida qaerdan qanday qilib ko`proq daromad olish bo`ladi.

AYoL "JAVZO"LAR UChUN
Ayol “Javzo”lar 2018 yilda atrofga o`ta tanqidiy ko`z bilan qaraydi. Hatto birovlarning kamchiliklari ustidan mazax qi­lish­gacha boradi. Ularning bu xattiharakatlari o`ziga bino qo`yganlik, deb baholanadi. Shu xudbinlik­lariga qaramay, erkaklarni maftun eta oladi. Ularni o`zining “o`rgimchak to`ri”ga oson ilintira oladi.

Yoz faslida aksariyat burj vakilalari hayo­ti­da nimanidir o`zgartirishni xohlab qoladi. O`zgarishlarni ishidan boshlaydi, o`zini isloh qilish bilan yakunlaydi. Tashqi ko`rinishida o`zgarish qiladi.

Ayol “Javzo”lar noz-karashma qilishni yaxshi ko`radi, sevgan insoniga chiroyli muomala qilishni, ko`nglini olishni eplaydi. Ulardan ajoyib uy bekasi chiqishi mumkin, biroq ulardagi o`zgaruvchanlik pand beradi.

ERKAK “
JAVZO”LAR UChUN

Yangi yilda erkak “Javzo”larga astrologlar o`z so`zida qat`iy bo`­lishni, o`ylab gapirishni maslahat berishmoqda. O`ylamay gapi­rilgan, qo`pol iboralar ishni, oilani, yaqin insonlarni yo`qotib qo`yishga sabab bo`lishi mumkin. Hammasi o`z qo`lingizda.

Kuz oylari o`rtalarida yangi va qiziqarli tanishuv kutilmoqda. Qayd etish kerak, siz u uchun kurashishingizga to`g`ri keladi. Lekin agar muhabbatingiz javobsiz qolsa, qattiq kuyinmang.

Erkak “Javzo”lardan yaxshi oila boshlig`i chiqadi, ammo xuddi nozik jins vakilalari kabi ularda ham fe`l-atvoridagi o`ta o`zgaruvchanlik, beqarorlik ko`pincha bunga yo`l bermaydi.

Sharhlar

O`qishga tavsiya qilamiz

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1