Tinimsiz mehnat bilan maqsadingizga erishasi (22 dekabr – 20 yanvar)
Umumiy bashorat
“To`ng`iz” “Jadiy”larga dadillik bag`ishlaydi. Ushbu burj vakillarini 2019 yil katta o`zgarishlar kutmoqda: uy-joyni yangilaydilar, boshqa shaharga ko`chib o`tadilar, yangi ishga joylashadilar.
Agar uyni ta`mirlash ishlarini boshlab yuborgan bo`lsangiz, avval barcha maishiy masalalarni hal etib, keyin dam olishga otlaning.
Kuzda maqsad sari intiluvchan, mehnatda chiniqqan, har qanday mas`uliyatni qo`rqmay o`z bo`yniga oladigan burj egalari kuz oyida rahbarlar e`tiboriga tushib, yuqori lavozimga ega bo`ladilar. Bunda nafaqat mavqelari, balki daromadlari ham ortib ketadi. Biroq topganingizni aql bilan sarflashga odatlaning.
Bu yilda burj vakillari hech bir jabhada qiyinchilik sezishmaydi. Muammolar ham darrov hal bo`ladi.Raqobatchilar bilan ham sog`lom ish olib borasiz. Yulduzlar 2019 yil ham muvaffaqiyatlar kalitini qo`lga kiritish uchun xuddi shu yo`nalishda yo`llarini davom ettirishni maslahat berishmoqda. Qolib ketgan ishlarni yakunlashni hamda har oy kirim-chiqimni hisoblab turishni tavsiya qilamiz.
Agar hayotingizni o`zgartirishdan qo`rqmasangiz, bahorni boylik va sevgi-muhabbat qurshovida qarshi olasiz.
“To`ng`iz yili” sizga hech ikkilanmasdan iqtidoringizni namoyon qilishni maslahat bermoqda.
Shaxsiy tadbirkorlik faoliyatingizni kengaytirish uchun bahor oylaridan birida foizli kredit olishingizga to`g`ri keladi. Busiz moliyaviy barqarorlikka erisholmaysiz. Qayg`urmang, kreditni muddatidan avval qaytarasiz.
2019 yil iyul va avgust oylari tog`li joylarda, tabiat qo`ynida yoki o`zga mamlakatlarda hordiq chiqarsangiz ham bo`ladi. Agar chet elga sayohat qiladigan bo`lsangiz sizga qulay va tinch mamlakatni tanlashni maslahat beramiz. Atrofingizdagi ba`zi hasadchilar oilangiz tinchligini buzish maqsadida ig`vo chiqaradilar. Yulduzlar ig`vogarlar do`stlaringiz orasida ham bo`lishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda.
Yoz oxirlab qolganda dala-hovliga borish niyati paydo bo`ladi. Mevali daraxtlar ko`chatini ekish, tozalash, gullar o`tkazish sizga o`zgacha zavq bag`ishlaydi.
Quvonchli damlar bilan birga taqdir sinovlariga ham duch kelasiz. Ularni engib o`tish mumkin. Buning uchun o`z vaqtida to`g`ri qaror qabul qilsangiz bo`ldi. Yil oxirida yuz bergan voqealar hamkasblaringiz va do`stlaringiz bilan bo`lgan munosabatlarni ko`zdan kechirib chiqishga sabab bo`ladi.
Yaqinlaringiz ko`nglini ko`tarish istagida bo`lsangiz, ularga anchadan beri orzu qilib kelayotgan narsalarini sovg`a qiling. Yulduzlar ular uchun pulni ayash yaramasligini ta`kidlamoqdalar.
ShAXSIY HAYoT
Burj vakillari “ichimdagini top”, deguvchilardan. Atrofdagilar bilan til topishib ketishi ham qiyin kechadi. Shu sababli, shaxsiy hayot borasida juda ko`p ikkilanadilar. Biroq 2019 yilda bunday yurish yaramaydi. “To`ng`iz yili”da oldingizga munosib umr yo`ldoshini topishdek aniq maqsadni qo`ying. Inson biror narsani istasa, u albatta ijobat bo`ladi. Tez orada o`z juftingizni uchratasiz va uni bir ko`rishdayoq sevib qolasiz.Biroq tanlovingiz borasida yaqinlaringizdan maslahat oling, ular sizga to`g`ri yo`lni ko`rsatishadi va butun umrga tatigulik masalada adashib qolmasligingizga yordam berishadi. Siz juda oilaparvarsiz. Shu sababli, bolalarni juda qadrlaysiz.
Uy-ro`zg`or ishlarida nihoyatda tartibli bo`lganlarni maishiy muammolar bezovta qilmaydi.
2019 yilda ertaklardagidek oilaviy hayot kutmoqda. Sizyangi g`oyalar, kutilmagan sovg`alar va olijanob xatti-harakatlarni amalga oshirishga ustasiz. Hattoki, oila a`zolaringiz sizning bunday yoqimli tadbirlaringizdan charchab ham qoladilar. Uzoq mamlakatda yashovchi qarindoshlaringizni yo`qlashni yodingizdan chiqarmang. Bu odatingiz ham e`tirofga sazovor.
SALOMATLIK
2019 yilda yulduzlar kompyuter qarshisida kamroq vaqt o`tkazishni maslahat berishmoqda. Bir joyda uzoq o`tirish sog`lig`ingizga zarar etkazib qo`yishi mumkin. Ko`proq ochiq havoda sayr qiling. Aks holda, umurtqa pog`onasining qiynashi yoki bosh aylanishi kabi asoratlarni orttirib olasiz.
O`z vaqtida shifokor nazoratidan o`ting. Agar yo`l-yo`lakay taomlanish odatini bas qilmasangiz, oshqozon-ichak yarasi yoki yo`g`on ichak yallig`lanishi kasalligini orttirib olasiz. Ovqatlanish tartibiga rioya qilib, foydali mahsulotlar bilan “do`stlashing”. Yulduzlar 2019 yilda asab tizimini avaylashlari kerakligini va ortiqcha narsalarga hayajonlanmaslikni maslahat berishmoqda.
Zararli odatlaringizdan qutuling. Chunki yil egasiga ular yoqmaydi. Tamaki chekish yoki spirtli ichimliklarni ichish o`rniga rolik yoki velosipedda uching yoki basseynda suzish bilan shug`ullaning.
KARERA
2019 yilda mablag` borasida muammolar bo`lmaydi. Tinimsiz mehnat qilib, ko`zlagan maqsadga erishasiz. Ammo ishdan bo`sh vaqtlaringizda biroz dam olish va kuch to`plab olishga harakat qiling.Agar tadbirkorlikni yo`lga qo`ygan bo`lsangiz, hordiq vaqtida ishonchli insoningizga vaqtinchalik vazifalarni topshirib turing.
Ishbilarmon va tejamkorlar o`ziga tegishli narsani qo`ldan boy bermaydilar. Shuning uchun ularning daromadi ortib ketadi. Raqobatchilar bilan kurashish qiyinroq kechadi. Avval amalga oshirgan mehnatlari evaziga pul mukofotlari kutmoqda. Ijodkorlargayulduzlar o`z iqtidorini namoyon qilishlarini maslahat bermoqda. Axir yuragingiz qobiliyatlarga to`lib-toshib yotibdi. Birortasini qo`lidan tutib, qo`shimcha daromad manbaiga aylantiring.
Serdaromad o`tgan yil yakunida sizga ham moddiy, ham ma`naviy yordam bergan va qo`llab-quvvatlagan kishilar uchun katta ziyofat uyushtirasiz. Qarindoshlaringizni ham tadbirga taklif etishni unutmang.
AYoL "JADIY"LAR
Omadni qo`lga kiritish uchun “To`ng`iz yili”da ko`plab imkoniyatlarga ega bo`lasiz. Faqat ushbu imkoniyatlardan oqilona foydalanishni bilsangiz bo`lgani.Yil avvalida ishlar to`xtab qolgani uchun zerikarli va horg`in yurasiz. Bahorga kelib, vaziyat yaxshilanadi. Ish va sevgi borasida boshingizga baxt qushi qo`nadi. Bu yil barcha sohada o`zingiz birinchi qadam tashlashingizga to`g`ri keladi.
“To`ng`iz yili”ning boshida bor e`tiboringizni oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga qaratsangiz, yaqinlaringiz sizdan mamnun bo`lishadi. Chunki keyin ishga ko`milib ketasiz. Bu ijodiy yo`nalishdagi yoki texnik sohaga oid ishlar bo`lishi mumkin. Agar zudlik bilan qaror qabul qilish kerak bo`lsa, vaqtni behuda o`tkazmang. Aks holda, muvaffaqiyatlarni qo`ldan chiqarasiz. 2019 yil yanvar va fevral oylarida ta`tilga chiqish siz uchun ayni muddao. Tog`li joylardagi dam olish maskanlariga yo`llanma olib, qizg`in ish pallasi uchun tayyorgarlik ko`rib oling.
ERKAK "JADIY"LAR
2019 yilda yulduzlar quvonchli va betashvish davrni va`da bera olmaydilar.Bahorning o`rtalarigacha zerikarli hayot ularni o`z domiga tortadi. Ammo keyin quvonchli damlarga, do`stlar bilan ko`ngilochar tadbirlarga boy palla boshlanadi. Ish va muhabbat borasida hammasi a`lo darajada bo`ladi.
2019 yilda aksariyat bo`ydoqlar oila qurish borasida aniq qarorga keladilar. Ular nafaqat oila qurishni, balki yangi uy olishni, uni o`z qo`llari bilan ta`mirlashni, mebellar bilan bezashni istab qoladilar. Rejalaringiz yuz foiz amalga oshishi kutilmoqda.