1

Vaqtinchalik ro`yxatda turib yashayotganlar toshkent shahrida meros olish huquqiga egami?

Savol-javob 11.01.2018, 10:20
Vaqtinchalik ro`yxatda turib yashayotganlar toshkent shahrida meros olish huquqiga egami?

— Viloyatdan kelib vaqtinchalik ro`yxat asosda yashayotgan fuqaro Toshkent shahrida meros olish huquqiga egami?

Xayrullo Qo`shanov, Toshkent shahri Yunusobod tumani

F.RAXIMOV, Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi katta maslahatchisi:

— O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasining 36-moddasiga muvofiq meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi.

Fuqarolik kodeksining 1112-moddasiga asosan vorislik vasiyat va qonun bo`yicha amalga oshiriladi. Qonun bo`yicha vorislik vasiyat mavjud bo`lmasa yoxud butun merosning taqdirini belgilamasa, shuningdek, ushbu Kodeksda belgilangan boshqa hollarda amalga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan "O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo`yicha hisobga olish tartibi to`g`risida"gi nizomning 3-bandiga muvofiq fuqarolarni doimiy propiska qilish "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo`lgan shaxslar — O`zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro`yxati to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

Ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq ro`yxatning 1-bandiga "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo`lgan shaxslar — O`zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro`yxati to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgunga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan turar joyga ega bo`lgan fuqarolar, shuningdek meros bo`yicha, sudning qaroriga ko`ra turar joy olgan fuqarolar kiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1