Suyultirilgan gaz balloni qanchaga to`ldirib beriladi?

Savol-javob 11.01.2018, 11:04
Suyultirilgan gaz balloni qanchaga to`ldirib beriladi?

— Gaz etib kelmaganligi sabab qishlog`imizga gaz ballonlarini suyultirilgan gaz bilan to`ldirib berishadi. Gaz ballonini suyultirilgan gaz bilan to`ldirish narxi qancha?

Oqilbek Ochilov, Qashqadaryo viloyati, G`uzor tumani

U.AShUROV, “O`ztransgaz” AK Boshqaruv raisi o`rinbosari:

— Aniqlanishicha savol bergan fuqaroning xonadoni “G`uzortumangaz” filiali tomonidan suyultirilgan gaz bilan belgilangan grafik asosida bir maromda ta`minlanib kelmoqda. Hozirda kichik 27 litrlik suyultirilgan gaz to`ldirilgan gaz ballon uchun 3276 so`m, katta 55 litrlik gaz ballon uchun 6552 so`mdan to`lov amalga oshirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1