Zarur masalliqlar: 200 gr. shakar, 180 gr. qora shokolad, 150 gr. sariyog`, 140 gr. un, 100 gr. yong`oq mag`zi, 3 dona tuxum, 10 gr. kakao, pichoq uchida xamiryumshatgich.
Tayyorlanishi: 1. Shokolad va sariyog`ni maydalab to`g`rang-da, suv bug`ida yaxshilab eriting.
2. Yong`oq mag`zini maydalang.
3. Tuxumni shakar bilan mikser yordamida engil ko`pirtiring. Shokoladli aralshma sovigach, ko`piritilgan tuxumni qo`shing.
4. Endi un, xamiryumshatgich va kakaoni solib, aralashtiring. Oxirida maydalangan yong`oqni qo`shasiz.
5. Aralashmani pishiriq qog`ozi solingan qolipga quyib, ustini tekislang-da, 180 darajada qizdiridlgan gaz pechiga 30 daqiqaga qo`ying. Pishgach sovitib, yuziga eritilgan shokoladdan quying.
1 soat
6 kishilik






