AsosiySavol-javob

Xorijda turib yangi pasportni qanday olish mumkin?

'Xorijda turib yangi pasportni qanday olish mumkin? 'ning rasmi

Chet elda doimiy ishlaydigan O`zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportining amal qilish muddati tugagan hollarda, pasportni rasmiylashtirish tartibi qanday bo`ladi?

Nazokat To`raeva, Xorazm viloyati

Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi:

— Pasportning amal qilish muddati chet elda tugagan, u yaroqsizlangan yoki yo`qolgan hollarda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda (familiyasi, ismi va otasining ismi, tug`ilgan sanasi o`zgargan, yozuvlarda noaniqliklar va xatolar aniqlangan, varaqlar ishlatib bo`lingan va boshqa hollarda) chet elda doimiy yashaydigan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi yangi pasportni rasmiylashtirish uchun o`zi turgan mamlakatdagi O`zbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga murojaat qiladi.

Agar fuqaro turgan mamlakatda O`zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi bo`lmasa, fuqaro o`zi turgan mamlakat konsullik okrugiga kiradigan O`zbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga murojaat kiladi.

    Boshqa yangiliklar