1

Farzandim 9 oylik, ishga qaytsam bo`ladimi?

Savol-javob 15.01.2018, 16:13
Farzandim  9 oylik, ishga qaytsam bo`ladimi?

Farzandim 9 oylik. Ishlashga sharoitim bor. Maktab direktori “Bola parvarishi uchun ta`til 3 yil qilib belgilangan. Hozir sizni ishga ololmayman”, deydi. Belgilangan ta`til muddatidan avval ishga qaytishga qonunan haqqim bormi?

Sh. Xoliqulova, Toshkent viloyati O`rtachirchiq tumani

E.MUHITDINOV, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 78-moddasida ishga qabul qilishni g`ayriqonuniy ravishda rad etishga yo`l qo`yilmaydi.

Quyidagilar ishga qabul qilishni g`ayriqonuniy ravishda rad etish deb hisoblanadi:

  • ushbu Kodeks 6-moddasining birinchi qismi talablarining buzilishi;
  • ish beruvchi tomonidan taklif qilingan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;
  • ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart bo`lgan shaxslarni (belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslarni; homilador ayollarni va uch yoshga to`lmagan bolalari bor ayollarni - tegishincha ularning homiladorligi yoki bolasi borligini vaj qilib) ishga qabul qilmaslik;
  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar.

Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, xodimning talabi bilan ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etishning sababini asoslab uch kun muddat ichida yozma javob berishi shart, bu javob ishga qabul qilish huquqiga ega bo`lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo`lishi lozim.

Asoslantirilgan javob berish haqidagi talablarni qondirishni rad etish xodimning ishga qabul qilish g`ayriqonuniy ravishda rad etilganligi ustidan shikoyat qilishiga to`siq bo`lmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1