AsosiyIqtisodiyot

Nukusda daraxt yaproqlaridan 10 ta uy quriladi

'Nukusda daraxt yaproqlaridan 10 ta uy quriladi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, tinib-tinchimas nukuslik tadbirkor-ixtirochi R.Qartbaev yana bir yangilik yaratishga qo`l urdi, ya`ni ko`zda to`kilgan daraxt barglaridan ekologik uy barpo etmoqchi.

– Atrof-muhitimizning ekologik holatiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi omillardan biri bu – kuzda daraxtlardan to`kilgan barglar hisoblanadi. Ko`pchilik ularni yoqib yuboradi yoki ular obodonlashtirish xizmati tomonidan shahar tashqarisiga chiqarib toshlanadi. Ikkala holatta ham tabiatga jiddiy zarar etishi hammaga ma`lum, – deydi R.Qartbaev. – Men ulardan ham foydalanish yo`lini topdim. Ya`ni, ularni yig`ib, ba`zi aralashmalarni qo`shib uy qurishda foydalaniladigan bloklarni ishlab chiqara boshladim. Bunday uylar somondan ishlanadigan ekologik uylar kabi yozda salqin, qishda esa iliq bo`ladi.

Yaqinda hokimlikdan shunday 10 uy qurish uchun er maydoni so`radim. Beradigan bo`ldi. Yaqinda qurilish ishlarini boshlamoqchiman. Bu uylar hozirgi uylardan bir necha barobar arzonga tushadi.

    Boshqa yangiliklar