AsosiySUG'DIYONA

Yosharmoqchimisiz, zaytun moyidan foydalaning

'Yosharmoqchimisiz, zaytun moyidan foydalaning 'ning rasmi

Sog`ligingizda muammo bormi? Ehtimol teri parvarishida universal vositani izlayotgandirsiz. Maslahatimiz, zaytun yog`iga diqqat qiling.

Uzoq umr ko`rishni istasangiz...

Bir yilda bir marta, bir oy davomida kunora zaytun yog`i va asalli aralashmani qabul qiling. Buning uchun 100 gr.zaytun moyiga 50 gr.asal va bitta limon sharbatini aralashtirasiz. Aralashma 1 choy qoshiqdan nahorga qabul qilinadi.

Ajinlarga qarshi...

Uyquga yotishdan oldin barmoq uchiga zaytun moyini tomizing-da, yuz terisiga surting. So`ng engil uqalang. Zaytun yog`i yordamida bajarilgan muolaja mimik ajinlarning yozilishini ta`minlaydi hamda teri tarangligi tiklanadi.

Iliq-miliq vanna

Qo`l terisi dag`allashib, qontalash yoriqlar paydo bo`la boshlasa, 1 osh qoshiq zaytun yog`ini 2 stakan iliq suvda aralashtirib, qo`llaringiz uchun vanna qabul qiling. Muolaja kunora takrorlansa, teri holati yaxshilanadi.

Qabziyat qiynasa...

Kechqurun uyquga yotishdan oldin bir stakan qatiqqa bir choy qoshiq zaytun yog`ini aralashtirib, asta ichib oling. Foydali moy ichaklarni bo`shashtirib, ich yurishini yaxshilaydi.

Qon tomir kasalliklarida

Bosh og`rig`i, surunkali charchoq qiynasa, qon tomirlar o`tkazuvchanligi buzilgan bo`lsa, ertalab nahorga va uyquga yotishdan oldin bir choy qoshiqdan zaytun yog`ini qabul qiling. Muolaja davomiyligi bir oy.

    Boshqa yangiliklar