AsosiySavol-javob

Majburiy ijro byurosi faqat qarzni undiruvchi tashkilotmi?

'Majburiy ijro byurosi faqat qarzni undiruvchi tashkilotmi?'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi faqat fuqarolardan qarzni undiradigan tashkilotmi yoki boshqa vazifalari ham bormi? MIB haqida to`liq malumot bersangiz?

G`ani Ergashev, Samarqand viloyati, Juma shahri

Sh.Aminov, Majburiy ijro byurosi direktori o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.05.2017 yildagi «Elektr energiyasi va tabiiy gaz etkazib berish hamda iste`mol qilish sohasida to`lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PF-5059-sonli Farmoniga ko`ra tashkil etilgan Majburiy ijro byurosi Bosh prokuratura huzuridagi mustaqil huquqni muhofaza qiluvchi organ hisoblanadi.

Mazkur Farmonga muvofiq:

  • sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so`zsiz ijrosini ta`minlash, ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag`larning haqqoniy hisobini yuritish, ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiiste`molchilik holatlarini oldini olish;
  • elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;
  • elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tulovlarning uz vaktida va to`liq undirilishini, iste`molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini ta`minlash;
  • energiya resurslari iste`molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, muqobil energiya manbalarining joriy etilishi ustidan monitoring o`tkazish;'
  • energiya resurslarini sotish va iste`moli hisobini yuritishda ishtirok etish;
  • energiya resurslari iste`molchilarining mas`uliyati va huquqiy madaniyatini oshirish choralarini ko`rish;
  • kompleks tahlil o`tkazish, tizimli muammolarni aniqlash, energiya resurslari uchun hisob-kitob qilinishini ta`minlash va majburiy ijro tizimini takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish;
  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni yuritish, surishtiruv va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish Majburiy ijro byurosining asosiy vazifalari sifatida belgilangan.

    Boshqa yangiliklar