AsosiyJamiyat

Hindistonlik mutaxassislar Andijon viloyati aholisini bepul ko`rikdan o`tkazdi

'Hindistonlik mutaxassislar Andijon viloyati aholisini bepul ko`rikdan o`tkazdi'ning rasmi

GM Uzbekistan kompaniyasi tashabbusi bilan hindistonlik shifokorlarning Andijonning Bo`z va Qo`rg`ontepa tumanlariga tashrifi tashkil etildi.


Uch kun davomida Hindistonning etakchi onkologi Lalan Kumar hamda kardio-jarrohi Vaysal Smivamlardan iborat shifokorlar guruhi mazkur tumanlarda tashkil etilgan oilaviy poliklinikalarda bemorlarni bepul ko`rikdan o`tkazdi. Ko`rik natijalariga ko`ra, xorijlik mutaxassislar bemorlarga aniqlangan kasalliklar bo`yicha zarur muolajalar va tavsiyalarini berdi.


Kompaniya kelgusida mazkur poliklinikalarga xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda aholining salomatligini yaxshilashni maqsad qilgan.


Eslatib o`tamiz, mazkur poliklinikalar o`tgan yilning noyabr oyida GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan kapital ta`mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilgan edi. Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, uni malakali kadrlar, dori-darmon va tibbiy buyumlar ta`minlashga kompaniya jami 4,5 milliard so`mdan ortiq mablag` yo`naltirilgan.

    Boshqa yangiliklar