Yaponiyalik sportchi Yudzuru Xanyu Qishki Olimpiadaning figurali uchish bahslarida chempionlik shoxsupasiga ko`tarildi.
Bu bilan yaponiyalik sportchi ikki karra Olimpiada chempioniga aylandi. Ikkinchi o`rinni Xanyuning hamyurti Soma Uno egalladi. Olimpiadaning bronza medali ispaniyalik Xaver Fernandesga nasib etdi. Hamyurtimiz Misha Ge 30 nafar ishtirokchi orasida 17-o`rin bilan kifoyalandi.
Figurali uchish. Erkaklar.
1. Yudzuru Xanyu (Yaponiya) — 317,85
2. Soma Uno (Yaponiya) — 306,90
3. Xaver Fernandes (Ispaniya) — 305,24
Manba : olamsport.com